Axmedova Gulsara Bahodir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «COVID-19 ga chalingan organizmlar faoliyati tiklanish davrining fiziologik mexanizmlari», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/553.
Ilmiy rahbar: Zaripov Bakridin, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.02.08.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Shoniyoz Qurbonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Atabekov Nurmat Satiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19dan keyin organizmlar fiziologik faoliyatining tiklanish davrida klinik xamda funksional, qonning biokimyoviy, bioimpedans ko‘rsatkichlari dinamikasi, ADRB2 va FABP2 genlaridagi polimorfizmni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 da leykotsitopeniya, tuzalgandan keyin leykotsitlarning o‘rtacha 26% ga, monotsitlarning kasallik davriga nisbatan 4 marta oshgani, tiklanish davrida eozinopeniya aniqlangan; 
COVID-19 dan keyingi davrda qondagi qand miqdori  10%ga oshgani, past zichlikdagi lipoproteinlar XS PZLP 1,6 marta yuqoriligi,   kasallikning og‘ir turini o‘tkazganlarda yuqori zichlikdagi lipoproteinlar XS YuZLP nazoratga nisbatan 1,5 marta kamayganligi aniqlangan;
COVID-19 dan keyingi tiklanish davrida kasallikning og‘ir turini o‘tkazganlarda organizmdagi umumiy lipid va visseral yog‘ miqdori 1,4 marta, asosiy moddalar almashinuvi og‘ish darajasi 18,5% ga oshganligi aniqlangan; 
COVID-19 dan keyingi davrda  moddalar almashinuvi regulyator geni ADRB2 dagi Arg16Gly polimorfizmida Gly/Gly  mutatsiyali genotiplilar 47,82 %ni tashkil etib, nazorat guruhiga nisbatan 3,6 marta ko‘p ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
COVID-19 ga chalingan organizmlar faoliyati tiklanish davrining fiziologik mexanizmlari i bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bioimpadensometriya usulida aniqlangan asosiy moddalar almashinuvi ko‘rsatkichlari Navoiy viloyati Oltinsoy sanatoriysi - sog‘lomlashtirish muassasasida, tana vazn indeksi va uning qondagi qand miqdori bilan korrelyasiyasiga oid ilmiy natijalaridan Buxoro viloyati G‘ijduvon TTBda tiklanish og‘ir o‘tayotgan bemorlarni davolashda, COVID-19dan keyin biokimyoviy tahlil natijalari Navoiy shahri 4-oilaviy poliklinika faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 sentyabrdagi 08-29075 - son ma’lumotnomasi). Natijada, tiklanish davrida tanada umumiy lipid, vicseral yog‘ miqdori, asosiy moddalar almashinuvi va uning og‘ish darajasi ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda kasallikdan samarali tiklanish imkonini bergan;
COVID-19ga chalingan organizmlar faoliyati tiklanish davrida asoratlangan giperglikemiya holatlarining tahlili va ta’sir mexanizmlari VetVittles kompaniyasining maqsadli ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (VetVittles kompaniyasining (AQSh) 2021 yil 10 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, tiklanish davridagi organizm funksional ko‘rsatkichlarini korreksiyalash maqsadida foydali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini bergan;
COVID-19dan  keyingi tiklanish davrida qonning asosiy biokimyoviy ko‘rsatkichlari hamda asoratlarning rivojlanish dinamikasi Navoiy viloyat SEO va JS boshqarmasi, Immunoprofilaktika bo‘limi, tibbiyot muassalarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022 yil 6 sentyabrdagi 04/2-11-203-son ma’lumotnomasi). Natijada, post-COVID-19 profilaktikasida qandli diabet, giperglikemiya, metabolik sindrom holatlarining uchrashini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish