Avazov Shuhrat Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston hududining seysmik riskini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida baholash va xaritalash», 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/GM133.
Ilmiy rahbar: Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Shuxrat Sakidjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Alimuxamedov Ilxom Mizratovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: seysmik riskni regional miqyosida baholash usulini takomillashtirish va uning asosida O‘zbekiston hududining seysmik riskini baholash va xaritasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
regional miqyosida seysmik xavfni baholash va xaritalash usullari grunt sharoitlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan va O‘zbekiston hududining seysmik xavfi baholangan;
respublika hududida qurilgan turar-joy binolarining konstruktiv turlari bo‘yicha seysmik zaiflik funksiyalari aniqlangan va ular asosida Respublika hududining ma’muriy tumanlari kesimida o‘rtacha seysmik zaiflik baholangan;
kuchli zilzilalarda yuzaga keladigan talafotlarni tezkor iqtisodiy ko‘rsatkichlarda aniqlashga yo‘naltirilgan “SeismicRiskAssessment.v.2.0” kompter dasturi AKT asosida ishlab chiqilgan.
regional miqyosida takomillashtirilgan seysmik riskni baholash usuli asosida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi hududining mayda masshtabli seysmik risk xaritasi iqtisodiy va turar-joy fondini yo‘qotish ko‘rsatkichlarida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi hududining seysmik riskini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
grunt sharoitlarini hisobga olgan holda seysmik xavfni regional miqyosida baholash va xaritalash usullari asosida takomillashtirilgan O‘zbekiston hududining seysmik xavf xaritasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 1/4/32-4041-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika hududi uchun seysmik jadallik xaritasi aholi va hududlarni xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan;
Respublika hududining ma’muriy tumanlari kesimida turar-joy binolarining o‘rtacha seysmik zaiflik ko‘rsatkichlarini aniqlash va xaritalash usullari asosida ishlab chiqilgan seysmik zaiflik xaritasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 1/4/32-4041-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika hududining seysmik zaiflik xaritasi asosida FVV tuzilmalariga tuman va shaharlar kesimida o‘quv-amaliy tadbirlarni olib borishga imkon bergan;
axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda kuchli zilzilalar sodir bo‘lganda hududlarda talafotlarni tezkor aniqlashga yo‘naltirilgan “SeismicRiskAssessment.v.2.0” kompyuter dasturi Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 1/4/32-4041-son ma’lumotnomasi). Natijada, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarda qutqaruv ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan;
regional miqyosida seysmik riskni baholashning takomillashtirilgan uslubi asosida ilk bor iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi hududining mayda masshtabli seysmik risk xaritasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 1/4/32-4041-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan seysmik risk xaritalari respublika hududlarida kuchli zilzilalarda talafotlarni dastlabki holatda baholash ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish