Ubaydullaev Nuriddin Toxir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda o‘zini o‘zi boshqarishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P316.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromaliyevna, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Dustqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Nigora Xalimbauevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalik davrida o‘zini o‘zi boshqapishning tizimli namoyon bo‘lishini belgilab beruvchi ijtimoiy-psixologik omillap asosida bu jarayonga ta’sip ko‘rsatishning amaliy usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsda o’zini o’zi boshqarishning refleksiv komponentlari namoyon bo’lishiga ko’ra, o’z faoliyatini rejalashtirish, tafakkur moslashuvchanligi, o’zini o’zi nazorat qilish qobiliyatlarining o’zaro integratsiyalashuvi natijasida «Ideal Men»ning psixologik determinatsiyalanishuvi ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan; 
o’quv faoliyatida xulq-atvorni boshqarish komponentlariga ustuvorlik berilishi natijasida qadriyatlar tizimida anglangan ijtimoiy ta’sir mexanizmlari (norma, axloq, ustanovka) shaxsning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatida ifodalanishi orqali shaxsiy ijtimoiy identifikatsiyaning rivojlanishi asoslangan;
shaxsda iroda kuchining lokalizatsiyasiga ko’ra, emotsional sohani realistik tafakkur ta’sirida nazorat qilinishi tufayli hulq-atvorda o’zini o’zi boshqarishning «ijtimoiy», «fikrlovchi» tiplari ustuvor ekanligi dalillangan;
talabalarning xulq-atvorida o’zini o’zi boshqarish ko’nikmasini rivojlantirish uchun ijtimoy jarayonlarda o’zini o’zi emotsional nazorat qilish zarurligiga ko’ra «psixik desensibilizatsiya» holatini shaxs xususiyatlari bilan integrativ faollashtirish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalik davrida o’zini o’zi boshqarishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
shaxsda o’zini o’zi boshqarishning refleksiv komponentlari namoyon bo’lishiga ko’ra, o’z faoliyatini rejalashtirish, tafakkur moslashuvchanligi, o’zini o’zi nazorat qilish qobiliyatlarining o’zaro integratsiyalashuvi natijasida «Ideal Men»ning psixologik determinatsiyalanishuvi ustuvor xarakterga ega ekanligini dalillashga doip xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabpdagi PM-18-son buyryg‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabpdagi PM-18-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida hulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarishning “rejalashtirish”, “modellashtirish”, “dasturlashtirish” kabi komponentlarining ustuvor xarakterga ega ekanligini tahlil etishga sharoit yaratilgan;
o’quv faoliyatida xulq-atvorni boshqarish komponentlariga ustuvorlik berilishi natijasida qadriyatlar tizimida anglangan ijtimoiy ta’sir mexanizmlari (norma, axloq, ustanovka) shaxsning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatida ifodalanishi orqali shaxsiy ijtimoiy identifikatsiyaning rivojlanishi asoslanilganiga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabpdagi PM-18-sonli buyryg‘i bilan «Pedagogik pcixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabpdagi PM-18-son ma’lumotnomasi). Natijada turli oliy ta’lim muassasalari talabalarining xulq-atvorida o‘zini o‘zi boshqarishning shakllanishi, shaxs tiplari eksternallik va internallik bilan bog‘liqlik jihatlari asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan;
shaxsda iroda kuchining lokalizatsiyasiga ko’ra, emotsional sohani realistik tafakkur ta’sirida nazorat qilinishi tufayli hulq-atvorda o’zini o’zi boshqarishning «ijtimoiy», «fikrlovchi» tiplari ustuvor ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabpdagi PM-18-son buyryg‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabpdagi PM-18-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘zini o‘zi boshqarishda irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish va shaxs tiplari bilan bog‘liqligini aniqlash hamda shaxsda o‘zini o‘zi boshqarishning namoyon bo‘lishi va tanlanishining tarkibiy komponentlarini tahlil qilish imkoniyati oshirilgan;
talabalarning xulq-atvorida o’zini o’zi boshqarish ko’nikmasini rivojlantirish uchun ijtimoy jarayonlarda o’zini o’zi emotsional nazorat qilish zarurligiga ko’ra «psixik desensibilizatsiya» holatini shaxs xususiyatlari bilan integrativ faollashtirish muhimligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabpdagi PM-18-son buyryg‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabpdagi PM-18-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘zini o‘zi boshqarishning yetakchi komponentlariga asoslanib, shaxs sohasiga korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish