Tursunova Gulsanam Ruzimurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi turdagi kompozision qo‘shimchali portlandsementlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3241.
Ilmiy rahbar: Atabaev Farrux Baxtiyarovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Farida Raxmonberdievna, texnika fanlari nomzodi, dotsent; Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi turdagi kompozision qo‘shimchalarning tarkiblarini va ularni qo‘llab portlandsementlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi turdagi (TFMQ, ohaktosh, ABOS, KDShQ) noorganik xomashyo materiallarining fizik-kimyoviy, texnologik xossalari hamda sementga qo‘shimcha sifatida foydalanish imkoniyati isbotlangan;
yangi turdagi PS larga  kiritilayotgan «“ohaktosh – TFMQ – ABOS” va “ohaktosh – TFMQ - KDShQ”» tarkibli KQ larning turiga qarab fizik-mexanik xossalarning o‘zgarishi ilmiy asoslangan;
yangi turdagi KQli portlandsementlarning gidratlanish jarayonida  gidratli yangi hosilalar vujudga kelishi, ularning vaqt davomida rivojlanish kinetikasi va mukammal strukturaga ega bo‘lgan sun’iy konglomerat shakllanishi isbotlangan;  
yangi turdagi KQli portlandsementlarning qotish jarayonida “tuyilgan klinker-KQ-gips-suv” tizimidagi fizik-kimyoviy o‘zgarishlar bilan sement toshining shakllanishi va uning fizik-mexanik xossalari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi turdagi ikki xil KQ bilan modifikatsiyalangan KPS olish texnologiyalsini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi turdagi “ohaktosh-TFMQ-KDShQ” tarkibli kompozision portlandsement «Qizilqumsement» AJda amaliyotga joriy etilgan («Qizilqumsement» AJning 2022 yil 28 oktyabrdagi 02-36/1571 - son ma’lumotnomasi). Natijada, SEM II/A-K(P-I)32,5N kompozision portlandsement ishlab chiqarishni  sanoat miqyosida yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
yangi turdagi “ohaktosh-TFMQ-ABOS” tarkibli kompozision portlandsement olish texnologiyasi «Qizilqumsement» AJda amaliyotga joriy etilgan («O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushmacining 2022 yil 4 noyabrdagi 05/15-2747-con ma’lumotnomasi). Natijada, hozirda narxi qimmat bo‘lgan klinkerni 10% gacha iqtisod qilish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, kompozision portlandsementning tannarxini pasaytirish, sementning qurilish-texnik xossalarini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish