Eshdavlatova Gulrux Eshmamatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oksidlangan kraxmal va sintetik polimerlar asosida quyuqlashtiruvchilar olish texnologiyasini yaratish va amaliyotda qo‘llash», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2461.
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Tillaev Abdulxafiz Toshevich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta va nitron asosidagi aralash tolali matolarga gul bosish jarayonida qo‘llaniladigan oksidlangan kraxmal va suvda eruvchan polimerlardan, yangi va yuqori samarali quyuqlashtiruvchi kompozisiyalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, paxta va nitron asosidagi aralash tolali matolarga gul bosish uchun qo‘llaniluvchi, oksidlangan kraxmal, PAA va K-4 asosidagi quyuqlashtiruvchilar olishning ilmiy va amaliy imkoniyatlari aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida murakkab funksional xususiyatga ega bo‘lgan bir qator yangi, suvda eruvchan polimer tizimlari yaratilgan va ularni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
matolarga yorqinlik, to‘yinganlik va rang barqarorligini bera oladigan murakkab funksional xususiyatga ega bo‘lgan kompozisiyaning quyuqlashtirish qobiliyati aniqlangan;
gul bosilgan matolarning ekspluatatsion va struktur-mexanik xossalari aniqlangan;
ishlab chiqilgan quyuqlashtiruvchi moddalar bilan matoga gul bosilganda,  mato sifati va rang barqarorligining ortishi aniqlangan;
paxta va nitron asosidagi aralash tolali matolarga faol bo‘yoqlar bilan gul bosishda quyuqlashtiruvchi polimer kompozisiyalarni qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oksidlangan kraxmal va sintetik polimerlar asosida quyuqlashtiruvchilar olish texnologiyasini yaratish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosidagi quyuqlashtiruvchi moddalar «Imidj tekstil`» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 20 apreldagi 03/25-1174-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizga xorijdan olib kelinadigan al`ginat, emprint, poluprint, manuteks, sol`vitoza–5S quyuqlashtiruvchilarni mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarilgan quyuqlashtiruvchilarga almashtirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan suvda eruvchan polimer kompozisiyalar «Imidj tekstil`» MChJda matolarga gul bosish uchun quyuqlashtiruvchi komponent sifatida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 20 apreldagi 03/25-1174-son ma’lumotnomasi). Natijada, aralash tolali matolarga faol bo‘yoqlar bilan gul bosishda bo‘yoqning matoga singish ko‘rsatkichini 93,2% gacha,  yuvishdagi rang mustahkamligini 5/4 balgacha oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish