Maxammadiev Oybek Ramazon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida metall korroziyasini oldini oluvchi korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1725.
Ilmiy rahbar: Beknazrov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Narzullaev Akmal Xollinorovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: N va P tutgan birikmalar asosida yuqori samarador kompozit ingibitorlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etanolaminlar, etilendiamin, karbamid, tiokarbamid asosida yangi tarkibli kompozit korroziya ingibitorlari olingan hamda jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan;
olingan korroziya ingibitorlarida hosil bo‘lgan yangi funksional guruhlar va ularning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
ko‘p funksiyali ta’sir etuvchi ingibitorlik xossasiga ega bo‘lgan korroziya ingibitorlari ishlab chiqilgan; 
skanerlovchi elektron mikroskop va atom kuch mikroskop usullari orqali olingan mikrofotografiyalar asosida ingibirlangan po‘lat sirtining morfologik o‘zgarishlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan yangi kompozit ingibitorlarning korroziya tezligi, himoyalash darajasi, sirtni to‘la qoplash darajasi, tormozlash koeffisentlari aniqlangan; 
etanolaminlar asosida olingan kompozit korroziya ingibitorlari kislotali, tuzli va neytral muhitlarda yuqori samaradorlikka ega bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida metall korroziyasining oldini oluvchi korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi ingibitor birikmalar “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda suv aylanma sistemali muhitlarda korroziya jarayonini sekinlashtirishda joriy qilingan (“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 2022 yil 27 apreldagi 030/1635-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki suv aylanma sistemalaridagi suv o‘tkazuvchi va saqlovchi po‘lat konstruksiyalarni ishlash muddatini uzaytirish imkonini bergan;
olingan korroziya ingibitorlari “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda ishqoriy va neytral muhitlarda metall konstruksiyalarni korroziyadan himoyalashda joriy qilingan (“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 2022 yil 27 apreldagi 030/1635-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishqoriy va neytral muhitlarda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan korroziya ingibitorlarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish