Tlegenov Marxabay Tolegenovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amudaryo del`tasi quyi kismida kemiruvchilar simpatrik turlari populyasiyasining hududiy-vaqtinchalik dinamikasi», 03.00.10 – Ekologiya  (biologiya fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B566.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Turaboev Akmal Normuminovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amudaryoning quyi oqimida simpatrik kemiruvchilar turlari populyasiyasining xududiy-vaqtinchalik tuzilish dinamikasini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryoning quyi oqimi hududida simpatrik kemiruvchilar turlari populyasiyalarining ekologik xususiyatlari aniqlangan; 
Janubiy Orolbo‘yi ekologik sharoitida simpatrik kemiruvchilar model turlari populyasiyasi dinamikasini ekologik-populyasion tahlili  asosida dinamikaning yillik o‘zgarishlar amplitudasi baholangan;
turli jins va yoshdagi hayvonlarning makondan foydalanish ko‘rsatkichlari, yosh hayvonlarning tarqalishi, kattalik dinamikasi va yashash joylaridan foydalanish ko‘rsatkichlari aniqlangan; 
Amudaryoning quyi oqimida simpatrik kemiruvchilar turlarining populyasiya tuzilishiga ekzogen va endogen omillar ta’sir darajalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryoning quyi oqimida simpatrik kemiruvchilar turlari populyasiyalarining hududiy-vaqtinchaliketilishini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalarga asosida: 
Amudaryoning quyi oqimida kemiruvchilar populyasiyasining soni va tuzilishi dinamikasini tahlil qilishda tavsiya etilgan usullar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatida tabiatdan oqilona foydalanish va o‘rmon xo‘jaligini samarali rejalashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil  19 yanvardagi 31-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekotizimlarning ekologik monitoringi kompleks dasturini amalga oshirish va quyi Amudaryo del`tasi sharoitida Orol dengizi qurishining sutemizuvchilar faunasining bioxilma-xilligiga salbiy ta’sirini kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
Janubiy Orolbo‘yi tabiiy muhitini o‘zgaruvchang sharoitida kemiruvchilar populyasiyasining moslashuv mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan Amudaryo del`tasining quyi oqimida hayvonot dunyosi inventarini tuzishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil  19 yanvardagi  № 01-182 son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining ekologik xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi dasturlarni ishlab chiqish va biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish