Pulatova Saodat Maxamadaminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilarini sensor rivojlantirish texnologiyasi», 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2918.
Ilmiy rahbar: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Turg‘unboyev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilarini sensor rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilari sensor rivojlanish xususiyatlari tushuncha va tasavvurlarni tarkib toptirish jarayonini, bola idrokining rivojlanishi hamda bolalarni hayotga irodali munosabatda bo‘lishga moslashtirishning korreksion-pedagogik ishlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilarini sensor rivojlantirish texnologiyalari o‘quvchilarning muvaffaqiyatli ijtimoiy tarbiya, tafakkur va ong, muayyan sifat va ko‘nikmalarni intensiv va jadal integratsiyalash hamda eshituv idrokini muntazam rivojlantirish, so‘zlashuv nutqni muloqot vositasi sifatida shakllantirish, talaffuz ko‘nikmalarini oddiydan murakkabga qarab tarkib toptirish asosida takomillashtirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarini sensor rivojlantirish modeli sensor etalonlarni shakllanish ontogenezi, perseptiv harakatlarni egallash, idrok etish hamda funksional poliform buzilishlarni kompensatsiyalash, yoshga mos ta’lim va ijtimoiy moslashuv hamda korreksion rivojlantiruv muhitning predmetli-o‘yinli, subyektiv, integrativ va konsultativ imkoniyatlarini idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilarini sensor rivojlantirish texnologiyalari didaktik sahnalashtirilgan pedagogik jarayonida manipulyativ ta’sir etish va predmetlarni qismlarga ajratish va yig‘ishga o‘qitish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilarini sensor rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilari sensor rivojlanish xususiyatlari tushuncha va tasavvurlarni tarkib toptirish jarayonini, bola idrokining rivojlanishi hamda bolalarni hayotga irodali munosabatda bo‘lishga moslashtirishning korreksion-pedagogik ishlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Maxsus psixologiya (Surdopsixologiya)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘iga asosan berilgan 285-118-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari,bilish faoliyatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash jarayoni yaxshilangan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilarini sensor rivojlantirish texnologiyalari o‘quvchilarning muvaffaqiyatli ijtimoiy tarbiya, tafakkur va ong, muayyan sifat va ko‘nikmalarni intensiv va jadal integratsiyalash hamda eshituv idrokini muntazam rivojlantirish, so‘zlashuv nutqni muloqot vositasi sifatida shakllantirish, talaffuz ko‘nikmalarini oddiydan murakkabga qarab tarkib toptirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Maxsus psixologiya (Surdopsixologiya)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘iga asosan berilgan 285-118-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ijtimoiylashuvini ta’minlashda individual va differinsial yondashuvlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarini sensor rivojlantirish modeli sensor etalonlarni shakllanish ontogenezi, perseptiv harakatlarni egallash, idrok etish hamda funksional poliform buzilishlarni kompensatsiyalash, yoshga mos ta’lim va ijtimoiy moslashuv hamda korreksion rivojlantiruv muhitning predmetli-o‘yinli, subyektiv, integrativ va konsultativ imkoniyatlarini idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Maxsus psixologiya (Surdopsixologiya)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘iga asosan berilgan 285-118-son nashr ruxsatnomasi). Natijada eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilarini sensor rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga imkon yaratilgan.
eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilarini sensor rivojlantirish texnologiyalari didaktik sahnalashtirilgan pedagogik jarayonida manipulyativ ta’sir etish va predmetlarni qismlarga ajratish va yig‘ishga o‘qitish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Maxsus psixologiya (Surdopsixologiya)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘iga asosan berilgan 285-118-son nashr ruxsatnomasi). Natijada eshitishida nuqsoni bo‘lgan tayyorlov va 1-sinf o‘quvchilarining korreksion-rivojlantiruvchi ta’limini tashkil etishning ilmiy-nazariy, metodologik va metodik yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga sharoit yaratilgan.