Narmurodova Gulnoza Ilhom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida ta’ziya nutqining lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.12694/Fil567.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Madjidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyberganova Durdona, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida ta’ziya nutqining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish orqali ularning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz va o‘zbek tillarida ta’ziya nutqida hamdardlik, achinish, sabr tilash, azadorni irodali bo‘lishga chaqirish, hayot davom etayotganligiga ishontirish singari nutqiy etiketlarning lisoniy ifodasi, ta’ziya nutqining adresati va adresantining holati azadorlarning marhumga qarindoshlik munosabati, ta’ziya bildiruvchining marhumga aloqadorligi kabi omillar isbotlangan;
ta’ziya nutqi mazmun jihatdan har ikki tilda marhumning yaxshilik, ezgulik, mehribonlik, aqllilik, insoniylik, mehnatkashlik, diniy yetuklik kabi ijobiy fazilatlarini ta’kidlash va duo qilish barobarida marhumni yodga olishda salbiy nutq ifodasidan chekinish holati asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida ta’ziya nutqining tuzilmaviy va funksional jihatlari ta’ziya marosimlari jarayoni, ta’ziya bildirish nutqining og‘zaki yoki yozma shakli, ta’ziya bildirishning rasmiylik va norasmiylik darajasi, ta’ziya nutqi ifodasining nazm va nasr shakli, elegiya va marsiya janrlari bo‘yicha tavsif va tasniflash mezonlari dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda ta’ziya nutqining lingvomadaniy xususiyatlari, voqelanishi, ta’ziya marosimlaridagi tafovut, ta’ziya bildirish an’analari, hamdardlik bildirishnomalari va ehsonliklar yuborish rasm-rusumi, ta’ziya nutqida diniy atama va iboralar qo‘llanishi, ta’ziya ramzlari tizimi mavjudligi, verbal va noverbal etiketdagi o‘ziga xosliklari, shuningdek, ta’ziya nutqi etiketida adresant va adresatning milliy-madaniy xususiyatlari muvofiqligi, axborotni idrok etish layoqati hamda ta’ziya nutqi ifodasida muhim hisoblangan lingvistik va ekstralingvistik omillar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida ta’ziya nutqidagi milliy-madaniy jihatdan o‘xshashlik va o‘ziga xoslikni aniqlashga bag‘ishlangan tadqiqotdagi nazariy takliflar, amaliy tavsiyalar va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida ta’ziya nutqida hamdardlik, achinish, sabr tilash, azadorni irodali bo‘lishga chaqirish, hayot davom etayotganligiga ishontirish singari nutqiy etiketlarning lisoniy ifodasi, ta’ziya nutqining adresati va adresantining holati azadorlarning marhumga qarindoshlik munosabati, ta’ziya bildiruvchining marhumga aloqadorligi kabi omillarga oid xulosalardan     P3-2020042022 raqamli “Turkiy tillar lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 1 noyabrdagi 01/6 – 3028- son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha bo‘yicha tayyorlangan elektron resurslar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
ta’ziya nutqi mazmun jihatdan har ikki tilda marhumning yaxshilik, ezgulik, mehribonlik, aqllilik, insoniylik, mehnatkashlik, diniy yetuklik kabi ijobiy fazilatlarini ta’kidlash va duo qilish barobarida marhumni yodga olishda salbiy nutq ifodasidan chekinish holatiga oid xulosalardan OT-A1-018 “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 8 noyabrdagi 01/04 – 3073-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ish elektron resurslar mazmunini boyitish imkonini bergan;
ingliz va o‘zbek tillarida ta’ziya nutqining tuzilmaviy va funksional jihatlari ta’ziya marosimlari jarayoni, ta’ziya bildirish nutqining og‘zaki yoki yozma shakli, ta’ziya bildirishning rasmiylik va norasmiylik darajasi, ta’ziya nutqi ifodasining nazm va nasr shakli, elegiya va marsiya janrlari bo‘yicha tavsif va tasniflash mezonlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida bir qator shoir va yozuvchilarning she’riy va nasriy asarlari tarjimasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 1 noyabrdagi 01-03/ 1386-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur she’riy va nasriy asarlar ma’naviy- ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, ommabopligi, ilmiyligi ta’minlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda ta’ziya nutqining lingvomadaniy xususiyatlari, voqelanishi, ta’ziya marosimlaridagi tafovut, ta’ziya bildirish an’analari, hamdardlik bildirishnomalari va ehsonliklar yuborish rasm-rusumi, ta’ziya nutqida diniy atama va iboralar qo‘llanishi, ta’ziya ramzlari tizimi mavjudligi, verbal va noverbal etiketdagi o‘ziga xosliklari, shuningdek, ta’ziya nutqi etiketida adresant va adresatning milliy-madaniy xususiyatlari muvofiqligi, axborotni idrok etish layoqati hamda ta’ziya nutqi ifodasida muhim hisoblangan lingvistik va ekstralingvistik omillarga oid xulosalardan ITD-1 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2022 yil 19 oktyabrdagi 24/652- son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish