Inamov Dilmirza Dedamirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining bitiruv malakaviy ishini kvalimetrik baholash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped88.
Ilmiy rahbar: Xodjabaev Anarboy Rustamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Risboy Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, professor, akademik, Quysinov Odil Almuratovich pedagogika, fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining bitiruv malakaviy ishini va uni himoya qilish jarayonini kvalimetrik yondashuv asosida baholash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning ijodiy tafakkurini namoyon qilishga xizmat qiluvchi bitiruv malakaviy ishining didaktik funksiyalarini invariantlik va diskretlilik tamoyillari asosida chuqurlashtirish orqali haqqoniy va ob’ektiv baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalari kasb ta’limi yo‘nalishlarida talabalarning bitiruv malakaviy ishini tayyorlash va uni himoya qilish jarayoni muhim sifat ko‘rsatkichlarining vazniy koeffisientlarini aniqlash orqali miqdoriy va sifatiy baholash mezonlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining mustaqil ta’limini tizimli va samarali tashkil etish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni belgilash hamda bitiruv malakaviy ishi sifat ko‘rsatkichlari majmui asosida kvalimetrik baholash algoritmi takomillashtirilgan;
bo‘lajak kasb ta’lim o‘qituvchisi bitiruv malakaviy ishi sifati va uni himoya qilish jarayonini kompleks baholashning o‘quv-uslubiy ta’minoti (“Bitiruv malakaviy ishlarni kvalimetrik baholash” maxsus kursi dasturi va elektron o‘quv qo‘llanma) mazmuni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining bitiruv malakaviy ishi sifati va uni himoya qilish jarayonini kvalimetrik baholash metodikasi bo‘yicha natijalar asosida:
psixologik-pedagogik va metodik-texnologik omillarni e’tiborga olgan holda bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining bitiruv malakaviy ishi sifati va uni himoya qilish jarayonini kvalimetrik baholash bo‘yicha Jizzax politexnika instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Buxoro muhandislik texnologiya institutlari 5111000–Kasb ta’limi (5310600–“Er usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiyasi”, 5330200–“Informatika va axborot texnologiyalari”, 5320200– “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish”) yo‘nalishlari uchun “Bitiruv malakaviy ishlarni kvalimetrik baholash” maxsus kurs dasturi va uning o‘quv-uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan amaliyotga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 oktyabrdagi 89-03-2564-son ma’lumotnomasi). Mazkur maxsus kurs oliy ta’lim muassasalari kasb ta’limi yo‘nalishlari bitiruvchilarini bitiruv malakaviy ishlarini kvalimetrik yondashuv asosida baholash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi;
oliy ta’lim muassasalari kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarning ijodiy tafakkurini namoyon qilishga xizmat qiluvchi bitiruv malakaviy ishining didaktik funksiyalarini invariantlik va diskretlilik tamoyillari asosida uning muhim sifat ko‘rsatkichlari vazniy koeffisientlarini aniqlash orqali miqdoriy va sifatiy baholash mezonlari va kvalimetrik baholash algoritmi ishlab chiqilgan hamda ilmiy jarayonga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 oktyabrdagi 89-03-2564-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bitiruvchilarning pedagogik-kasbiy tayyorgarligini xaqqoniy va ob’ektiv baholash imkonini beradi;
dissertatsiya ishi doirasida ishlab chiqilgan kasb ta’limi bakalavriat yo‘nalishlari uchun “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining malakaviy tayyorgarligini kvalimetrik baholash” monografiya va “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining bitiruv malakaviy ishini kvalimetrik baholash” o‘quv qo‘llanma ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 oktyabrdagi 89-03-2564-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallari va metodik tavsiyalar kasb ta’limi yo‘nalishlari bitiruvchilarini bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash sifati hamda uni baholashda o‘quv-uslubiy ta’minot sifatida xizmat qiladi.