Ostonov Firuz Istam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremnizol va (oligo) polimerlar asosida gibrid kompozitlarning olinishi, xossalari va texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2783.
Ilmiy rahbar: Axmedov Voxid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; O‘rinov Ulug‘bek Komiljonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kolloid kremnizol hamda tarkibida azot saqlovchi geterotsiklik kompozit birikmalar asosida gibrid ionitlarni sintez qilish va  texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vinilmorfolin va boshqa geterotsiklik birikmalarning vinil hosilalarini dimetilformamid eritmasida MMA, AK bilan radikal katalitik sopolimerlanishi natijasida olingan sopolimerlar va kolloid kremnizol asosida yangi gibrid kompozitlarni olish jarayoni asoslangan;
organik sopolimerlar bilan uch o‘lchamli kremniy dioksidning mustahkam bog‘langanligi kompozitlarning yuqori termik va kimyoviy barqarorligini ta’minlashi aniqlangan;
gibrid kompozitlarning tarkibida sorbsion markazlar mavjudligi asoslangan;
vinilmorfolin-MMA va vinilmorfolin-AK sopolimeri asosidagi kompozitlarning metall ionlarini sorbsiyalash jarayoni  harorat o‘zgarishiga bog‘liqligi asoslangan; 
sintez qilingan azot saqlovchi sopolimerlar va kolloid kremnizol asosidagi  gibrid proton o‘tkazuvchi ionitlarning olinish texnologiyasi amaliy asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zol-gel usuli bilan  yangi gibrid ionitlarni sintez qilish bo‘yicha amalga oshirilgan  ilmiy natijalar asosida: 
olingan organo-noorganik gibrid ionitning kristall shaklli namunasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi»da amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 12 sentyabridagi 23.01-01-04/586-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan ionitlarning  mis, alyuminiy, nikel kabi ionlarni sorbsion yutish qobiliyatini 1,24 martaga yaxshilash imkonini bergan; 
yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan donador gibrid kompozit «Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi»da amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati»  AJning 2022 yil 12 sentyabridagi 23.01-01-04/586-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibidagi kremniy oksidi hisobiga ionitning  mexanik mustahkamligini 1,22 martaga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish