Boltaev Abdurasulning 
tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonning XX asr boshidan hozirga qadar sug‘orma dehqonchiligi madaniyati tarixi (Sirdaryo va Jizzax vohalari misolida)”, 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Tar142.
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ahmadali, tarix fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2022.Tar.70.05. raqamli Ilmiy Kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor; Oblomurodov Naim, tarix fanlari doktori, professor; Komilov Oybek Komilovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning XX asr boshlaridan to hozirga qadar sug‘orma dehqonchiligi madaniyati tarixi (Sirdaryo va Jizzax vohalari misolida) arxiv hujjatlari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘orma dehqonchilik tarixi, ayniqsa kollektivlashtirish jarayonida O‘zbekiston qishloqlarida asrlar davomida shakllangan dehqonchilik an’analari, aholining milliy mentaliteti, diniy dunyoqarashiga tamomila zidligi bois, norozilik harakatlarida barcha ijtimoiy qatlam vakillarining ishtiroki o‘z-o‘zidan tashkillashish xususiyatiga ega bo‘lganligi dalillangan;
sovetlar davrida O‘zbekiston qishloqlaridagi infrastrukturani tubdan o‘zgartirganligi, ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida dehqonlarning O‘rta Osiyoning ichki hududlarida, jumladan Mirzacho‘lda olib borilgan ishlar qiyosi asosida Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida Mirzacho‘lni o‘zlashtirish, kanallar qurilishi, sug‘orish sistemasi, umuman mintaqaning sug‘orma dexqonchilik xo‘jaliklarini tashkil etish va ularni boshqarilishi, Sovet qonunchiligi ziddiyatlarining achinarli dinamikasi asoslangan;
O‘zbekistonda keyingi besh yil mobaynida o‘nlab O‘zbekiston Respublikasi Prezident Farmonlari va qarorlar qabul qilinganligi, yangi innovasion g‘oyalar, lazer qurilmasi yordamida erlarni tekislash, informasion ishlanmalar, turli xil eng yangi kompyuter harakatlari, tomchilatib va yomg‘irlatib hamda er ostidan sug‘orish g‘oyalari amalga oshirilganligi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2030 yilgacha strategiyasi ishlab chiqilganligi sug‘orish tizimi rivojida muhim tarixiy voqea bo‘lganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda sug‘oriladigan hududlar ichida Mirzacho‘l va Jizzax vohalari alohida o‘rin tutib, yuz yil muqaddam boshlangan o‘zlashtirish va sug‘orish ishlari bu hududlarda gidrogeologik sharoitlarni tubdan o‘zgartirib yuborganligi, katta miqdordagi suvlarning, sug‘orish tarmoqlari va sug‘oriladigan maydonlardan sizib o‘tishi natijasida minerallashgan sizot suvlarining sathi keskin ko‘tarilganligi dalillangan;
Sug‘orma dexqonchilikning qon tomiriga aylangan suv xo‘jaligiga e’tibor, mustaqillikning dastlabki yillarda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari doirasida o‘zibo‘larmonchilikga tashlab qo‘yilganligi, mustaqillik davrida barpo etilgan Sardoba to‘g‘onining qurilishi o‘z vaqtida puxta ishlanmay, davlatga ulkan iqtisodiy va manaviy jihatdan yo‘qotishni olib kelganligi, uning zarari, hududlarga sarflangan mablag‘dan kamida 3-4 baravar qimmatga tushganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistoning XX asr boshidan hozirga qadar sug‘orma dehqonchilik madaniyati tarixi (Sirdaryo va Jizzax vohalari misolida) mavzusi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar asosida suvdan tejamkorlik bilan foydalanish texnologiyasi, tomchilatib sug‘orish, sug‘orishning noan’anaviy usullaridan foydalanishni keng joriy qilishda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida paxta xom ashyosini etishtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 04/26-3057-son ma’lumotnomasi). Natijada Sirdaryo viloyatida 818 gektar, Jizzax viloyatida 479 gektar paxta er maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilib, buning uchun Sirdaryo viloyatida 12.1 mlrd, Jizzax viloyatida esa 8.6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan;
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida sug‘orma dehqonchilik tarixi, vohaga xos bo‘lgan an’anaviylik va o‘zgarishlar kabi ilmiy natijalardan Sirdaryo va Jizzax tarixi va madaniyati davlat muzeylari fondlarini to‘ldirishda foydalanilgan (Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktorining 2019 yil 8 avgustdagi 132-sonli hamda Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktorining 2019 yil 29 iyuldagi 313-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi muzeylarda muzey fondi eksponatlarini boyitishda hamda sug‘orma dehqonchilik madaniyati tarixiga oid ko‘rgazma ekskursiya darslarini tashkil etish imkonini bergan;
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining rivojlanishi XX asr boshidan hozirga qadar sug‘orma dehqonchilik madaniyati tarixi (Sirdaryo va Jizzax voxalari misolida), tarixiy jarayonlar tahlil qilinib, sug‘orma dehqonchilikning holati, shakllanishi va rivojlanishi bir – biriga bog‘liqligi bo‘yicha olingan natijalar hamda tahlillardan Jizzax shahar telekanalida 2022 yil 15 aprelda “Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, - tomchilatib sug‘orishning hozirgi paytdagi dolzarb holati” mavzusidagi “Xayrli kun” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax telekanalining 2022 yil 15 apreldagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar sug‘orma dehqonchilikning hozirgi holati haqida, qadimiy va mahalliy turli usullar hamda eng zamonaviy va ilmiy tadqiqotlarning qishloq xo‘jaligiga tadbiq qilinayotganligi, ularning bugungi kundagi ahamiyati bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish