Gulyamova Kamola Kaxramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarktidan so‘ng rivojlangan kardiosklerozli bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining o‘tkir davri (o‘pka va jigar tizimining o‘ziga xosligi)», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib732.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Ilmiy maslahatchi: Alimov Donier Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori; Muxamedova Barno Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ;
o‘tkir yurak etishmovchiligining dekompensatsiya bosqichida bemorlarda markaziy o‘pka va gepatoportal gemodinamikaning xususiyatlarini baholashni takomilashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar parenximal fibrozining rivojlanishi bilan bog‘liq o‘tkir yurak etishmovchiligi dekompensatsiya bosqichidagi bemorlarda gepatoportal qon oqimidagi patologik o‘zgarishlar va ularning prognostik ahamiyati isbotlangan;
gepatoportal qon oqimining buzilishi va o‘pka gemodinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqligi asoslangan;
markaziy, o‘pka va gepatoportal gemodinamikaning parametrlariga ta’sir qilish bo‘yicha standart terapiyadan sakubitrilni kiritish bilan o‘tkir yurak etishmovchiligi dekompensatsiya bosqichining davolash samaradoriligi isbotlangan;
o‘tkir yurak etishmovchiligi davolash tarkibidagi sakubitrilning afzalliklari faqat chap qorinchaning sistolik faoliyati past bo‘lgan bemorlarga tegishli ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Miokard infarktidan so‘ng rivojlangan kardiosklerozli bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining o‘tkir davrida o‘pka va jigar tizimining o‘ziga xosligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
miokard infarktidan so‘ng rivojlangan kardiosklerozli bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining o‘tkir davrida o‘pka va jigar tizimining o‘ziga xosligini baholashda «Infarktdan keyingi kardiosklerozni o‘tkazgan o‘tkir yurak etishmovligini dekompensatsiyasi bosqichidagi davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-r/277-son ma’lumotnomasi). Natijada miokard infarktidan so‘ng rivojlangan kardiosklerozli bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining o‘tkir davrida o‘pka va jigar tizimining o‘ziga xosligini baholash orqali kasallikni tashxislash va samarli davolash taktikasini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
miokard infarktidan so‘ng rivojlangan kardiosklerozli bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining o‘tkir davrida o‘pka va jigar tizimining o‘ziga xosligini baholashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent va Buxoro viloyatlari filiallarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 8n-z/72-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi miokard infarktidan so‘ng rivojlangan kardiosklerozli bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining o‘tkir davrida sakubitrilni qo‘llashning ijobiy samarasi chap qorinchaning chiqarish fraksiyasi kuzatilgan 27,2% bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining dekompensatsiya darjasini bazis davolashga nisbatan sakubitrilning qo‘shimcha yuqori ijobiy samarasi stenokardiyani davolash sifatini oshirish bilan birgalikda bemorlarning shoshilinch jonlantirish bo‘limlarida bo‘lish vaqtini 3 martaga qisqartirish bilan bilan birgalikda, o‘lim darajasini 2,2 martaga va umumiy sarf xarajatlarni 10%ga kamaytirish imkonini bergan.