Qoraboyeva Dildora Danil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarixiy-madaniy meros fenomenining milliy o‘zlikni anglashga ta’siri», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal468.
Ilmiy rahbar: Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Nurmatova Mukarram Ahmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Madrahimova Feruza Ruzimbayevna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy-madaniy meros fenomenining milliy o‘zlikni anglashga ta’sirini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy-madaniy meros xalqning, millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini bilishga, saqlab qolishga qaratilgan hayotiy tajribalari vorisiyligini ta’minlash orqali milliy madaniyatlar o‘rtasidagi integratsion aloqalarni kengaytirish va lokal madaniyatlarning umuminsoniy voqelikka aylanishiga imkoniyat yaratishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari asoslangan;
tarixiy-madaniy meros fenomenining milliy identiklikka, milliy taraqqiyotga, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri, transmilliy belgilari va ijtimoiy-ekzistensional xususiyatlarining ijtimoiy ongga tranformatsiyasi shaxslararo muloqot natijasi sifatida til va kommunikatsiyaga bog‘liqligi ochib berilgan;
globallashuv jarayonlarining tarixiy-madaniy merosga ziddiyatli ta’siri undagi integratsiyaga oid ijobiy jihatlarni va umuminsoniy tajribalarni milliy taraqqiyotga yo‘naltirish mumkinligining real imkoniyatlariga bog‘liq metodologik-innovatsion hamda zamonaviylik va an’anaviylikka oid akseologik-strukturaviy asoslari isbotlangan;
Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy-ma’naviy va demokratik yangilanishi sharoitida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda tarixiy-madaniy merosdan foydalanishda tarixiy tafakkur, bilim va o‘z-o‘zini anglashning ijtimoiy zaruriyat sifatida amal qilishi gnoseologik jihatdan obyektivlik va tadrijiylikka bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy-madaniy meros fenomenining milliy o‘zlikni anglashga ta’sirini tadqiq etish natijasida:
tarixiy-madaniy meros xalqning, millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini bilishga, saqlab qolishga qaratilgan hayotiy tajribalari vorisiyligini ta’minlash orqali milliy madaniyatlar o‘rtasidagi integratsion aloqalarni kengaytirish va lokal madaniyatlarning umuminsoniy voqelikka aylanishiga imkoniyat yaratishning ijtimoiy-falsafiy jihatlariga oid takliflardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan «Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot», «Birmiz! Qo‘lni qo‘lga beramiz» loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2022-yil 28-martdagi 02/02-42-son ma’lumotnomasi). Natijalar globallashuv sharoitida fuqarolarning jamiyat yangilanishi jarayonlarini to‘g‘ri anglashiga imkon yaratgan;
tarixiy-madaniy meros fenomenining milliy identiklikka, milliy taraqqiyotga, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri, transmilliy belgilari va ijtimoiy-ekzistensional xususiyatlarining ijtimoiy ongga tranformatsiyasi shaxslararo muloqot natijasi sifatida til va kommunikatsiyaga bog‘liqligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan «Yurtim tarixini o‘rganaman» va «Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat» loyihasini amalga oshirish mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 10-martdagi 29-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglash, aholining osoyishta va obod turmushini ta’minlashga, shuningdek, fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida umuminsoniy va demokratik qadriyatlarni ifoda etuvchi yangi ma’naviy qadriyatlar tizimi yuzaga kelishini chuqur monitoring qilishga xizmat qilgan;
globallashuv jarayonlarining tarixiy-madaniy merosga ziddiyatli ta’siri undagi integratsiyaga oid ijobiy jihatlarni va umuminsoniy tajribalarni milliy taraqqiyotga yo‘naltirish mumkinligining real imkoniyatlariga bog‘liq metodologik-innovatsion hamda zamonaviylik va an’anaviylikka oid akseologik-strukturaviy asoslariga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining millatlararo munosabatlar sohasidagi turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarini, ilmiy-amaliy konferensiyalari va seminarlarini tashkil etishda, shuningdek, targ‘ibot-tashviqot materiallarini tayyorlashda hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining 2022-yil 7-martdagi 14-07-343-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 14- dekabrdagi 01-40-1867-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar xalqimizning o‘z ma’naviy olamini va milliy o‘zligini anglashi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda faol qatnashishiga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy-ma’naviy va demokratik yangilanishi sharoitida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda tarixiy-madaniy merosdan foydalanishda tarixiy tafakkur, bilim va o‘z-o‘zini anglashning ijtimoiy zaruriyat sifatida amal qilishi gnoseologik jihatdan obyektivlik va tadrijiylikka bog‘liqligi asoslanganligiga oid ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Sport Vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi faoliyatida, jumladan O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida mavjud tarixiy-madaniy meroslarni tadqiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Sport Vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2022-yil 15-fevraldagi 01-01/369-son ma’lumotnomasi). Natijalar xalq hunarmandchiligi va amaliy san’atining yoshlar orasida kengroq o‘rganilishi, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirilishiga xizmat qilgan.