Kuychieva Mujizaxon Abdumannobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentliligini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3569.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Xushvaktova Xusnobat Solievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Bazorova Saodat Jamoliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchisi kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish pedagogik nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashning didaktik imkoniyatlarini baholash, o‘qitishning vizual-tadqiqiy samaradorligini kengaytirish hamda shaxslararo muloqotga kirishish faoliyatini individuallashtirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni mustaqil ta’lim olishga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy-kommunikatsion omilarini tasniflash, modulli ta’lim olish bosqichlarini adaptiv va reproduktiv o‘qitishga integratsiyalovchi algoritimli topshiriqlarni umumlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentliligini rivojlantirish modeli talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning dasturiy ta’minoti mazmuni hamda ta’lim jarayonini tashkil etishga doir refleksiv va sinergetik yondashuvlarning pedagogik transformatsiyalashishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentliligini rivojlantirish mezonlari kasbiy kompetentlik va shxsiy sifatlarni rivojlantirish mexanizmlarini individual va mustaqil ta’lim sub’ektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy-metodik kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchisi kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish pedagogik nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashning didaktik imkoniyatlarini baholash, o‘qitishning vizual-tadqiqiy samaradorligini kengaytirish hamda shaxslararo muloqotga kirishish faoliyatini individuallashtirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 22 iyundagi 02-07-1679/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada takomillashtirilgan o‘quv dasturlari tuzilgan hamda talabalarning kasbiy va metodik kompetentligi darajalarini shakllantirish, baholash, ma’lumotlarni tahlil etish samaradorligini oshirishga imkon yaratilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni mustaqil ta’lim olishga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy-kommunikatsion omilarini tasniflash, modulli ta’lim olish bosqichlarini adaptiv va reproduktiv o‘qitishga integratsiyalovchi algoritimli topshiriqlarni umumlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 22 iyundagi 02-07-1679/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalari rivojlantirilgan hamda oliy ta’lim tizimi o‘quv-metodik ta’minoti boyitilishiga imkon yaratilgan.
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentliligini rivojlantirish modeli talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning dasturiy ta’minoti mazmuni hamda ta’lim jarayonini tashkil etishga doir refleksiv va sinergetik yondashuvlarning pedagogik transformatsiyalashishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 22 iyundagi 02-07-1679/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalari rivojlantirilgan hamda axborot kompetentligi darajasini baholash omillari aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentliligini rivojlantirish mezonlari kasbiy kompetentlik va shxsiy sifatlarni rivojlantirish mexanizmlarini individual va mustaqil ta’lim sub’ektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 22 iyundagi 02-07-1679/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ta’limni axborotlashtirish sharoitida uzluksiz ta’lim muassasalarida faol axborot almashish imkoniyati va interaktiv texnologiyalardan ijodiy foydalanish kompetensiyasiga ega biolog-mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.