Ismoilov Ma’murjon Muxtorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiqlik ta’minoti tizimlarida yassi quyosh kollektorlarini ishlash parametrlarini optimallashtiri orqali ularning samaradorligini oshirish», 05.09.03-Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.1.PhD/T2144.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Rashidov Yusuf Karimovich, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professori, texnika fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kilichev Shavkat Isakovich: texnika fanlari doktori, k.i.x. Eshmatov Mansur Musulmonovich: texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muxandislik qurilishi nstituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Issiqlik ta’minoti tizimlarida yassi quyosh kollektorlarini ishlash parametrlarini optimallashtirish quyosh kollektorlari va akumlyator baki orasidagi rejimlarini aniqlash, sinovdan o‘tkazish va joriy etishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
issiqlik tashuvchisi kam sarfli bo‘lgan termosifon sirkulyasiyali qurilmalar uchun yassi quyosh kollektorlarida suvning bir karra isitish rejimida issiq suv haroratining barqarorligini nostatsionar kelib tushayotgan quyosh radiatsiyasiga, quyosh konturining gidrodinamik ko‘rsatkichlariga, quyosh kollektorining turiga, suvning o‘zgaruvchan issiqlik-fizikaviy xususiyatlariga hamda haroratni rostlovchi elementning geometrik o‘lchamlariga o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi takomillashtirilgan fizikaviy-matematik modeli ishlab chiqilgan;
issiqlik tashuvchisi kam sarfli bo‘lgan bir geliokonturli quyosh qurilmalarda suvni bir va ko‘p karra aylanishi holatlari uchun nostatsionar quyosh radiatsiyasiga, o‘zgaruvchan tashqi muhit haroratiga hamda quyosh kollektorining turiga bog‘liqligini ifodalovchi takomillashtirilgan fizikaviy-matematik modeli ishlab chiqilgan
issiqlik tashuvchisi kam sarfli bo‘lgan quyosh kollektorida izotermik bo‘lmagan issiqlik tashuvchisining oqimini arximed va inersiya kuchlari teng bo‘lgan holatidagi quyosh kollektori bo‘ylab bir tekis taqsimlanishining shartlari aniqlangan va hisoblash usuli yaratilgan;
issiqlik tashuvchisi kam sarfli bo‘lgan quyoshli suv isitish qurulmaning stratifikatsiya issiqlik akkumulyatorining arximed kuchlari ta’sirida suvni tabaqalashtirib tarqatuvchi elementini suv zichligini haroratiga bog‘liqligini hisobga oluvchi hisoblash usuli yaratilgan;
issiqlik ta’minoti tizimlarida issiqlik tashuvchisi kam sarfli bo‘lgan yassi quyosh kollektorlarini ishlash parametrlarini optimallashtirish orqali ularning samaradorligini oshirishning muhandislik hisoblash usullari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona shahar A.Qodiriy ko‘chasidagi 44 xonadonga ega bo‘lgan 1 ta ko‘p qavatli uyning issiq suv ta’minoti tizimining yassi quyosh kollektorlarini ish samaradorligini oshirish bo‘yicha quyosh kollektorlarida suvni bir karra isitish usuli amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 05.04.2022 y. №04/02-1473- sonli ma’lumotnomasi). Natijada quyosh kollektorlarining samaradorligini 20% gacha oshirishga, tarmoqdan elektr energiya iste’mol qilishni 54,2% ga kamaytirilishiga va yillik iqtisodiy samarani 26 244587 so‘mni tashkil etishiga erishilgan
Farg‘ona viloyat Toshloq paxta tozalash AJning 140 o‘ringa mo‘ljallangan oshxonasi issiq suv ta’minoti tizimining yassi quyosh kollektorlarini ish samaradorligini oshirish bo‘yicha quyosh kollektorlarida suvni bir karra isitish usuli amaliyotga tadbiq etilgan (“Farg‘ona viloyat Toshloq paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 17 noyabr` № 29-sonli ma’lumotnomasi).Natijada ushbu ehtiyojlarni qoplash uchun elektr tokida ishlaydigan asosiy suv isitkichlarga sarflanadigan elektr energiyasini 20% ga kamaytirga va yillik iqtisodiy samarani 19086972 so‘mni tashkil etishiga erishilgan