Nortojiev Bobosher Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Limon va mandarin (Citrus limon B., Citrus reticulate L.) ko‘chatlarini jadal etishtirish texnologiyasini takomilashtirish”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx.968.
Ilmiy rahbar: Cultonov Kamolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx. 13.04.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Faxrutdinov Nuriddin Zayniddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi limon ko‘chatlarini etishtirish va ulardan mandarin ko‘chatlarini tayyorlashda payvandtag sifatida foydalanish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor limon ko‘chatlarini vegetativ usulda sanoat darajasida  ko‘paytirishda qalamchalarning ildiz otishiga qalamchalar o‘lchamining bog‘liqligi aniqlangan va qalamchalar diametri, 7-8, mm uzunligi 12-14 sm o‘lchamda kesib olinganda yaxshi natija ko‘rsatishi isbotlangan;
limon qalamchalarini ildiz otishiga qo‘llanilgan substratlardan torf va vermikulit, biostimulyator turlaridan  Epin va  Energen yuqori natija ko‘rsatgan;
himoyalangan inshootga nisbatan ochiq maydonda etishtirilgan payvandtaglarda kurtak payvandustlarning tutuvchanligi yaxshi natija berishi aniqlangan va eng maqbul muddatlari (avgust oyining ikkinchi-uchunchi dekadasida) ishlab chiqilgan;
mandarin ko‘chatlarini tayyorlashda payvandustlarning tutuvchanligiga mandarinning urug‘idan ko‘paytirilgan payvandtaglariga nisbatan limonning vegetativ usulida ko‘paytirilgan pavandtaglari (Meyer, Toshkent, Yubileyniy) yuqori natija ko‘rsatgan hamda iskana payvanlashning maqbul muddatlari (mart oyining birinchi dekadasi) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Limon va mandarin ko‘chatlarini jadal etishtirish texnologiyasini takomilashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida;
akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining himoyalangan inshootlarida (transhey) 0,06 ga maydonda limon va mandarin ko‘chatlarini etishtirish joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 yanvardagi №07/23-06/9- sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chat etishtirishda torf va vermikulit substratlarida nazoratga nisbatan 3-4 barobar ko‘p ko‘chat etishtirishga erishilgan;
ochiq maydonlarda limon payvandtaglaridan foydalanib mandarin ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Andijon viloyati Asaka tuman “SAMARAGROZOOVETSERVIS” MChJ ning 0,05 ga himoyalangan inshootlarida va 0,5 ga ochiq maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 yanvardagi №07/23-06/9-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1 ga maydondan o‘rtacha 55 332 dona mandarin ko‘chatlarini etishtirishga erishilgan, rentabellik 105,9 % ni tashkil etgan;
ochiq maydonlarda limon payvandtaglaridan foydalanib mandarin ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Andijon viioyati Asaka tuman “GREEN VALLEY SEEDS” xususiy korxona xo‘jaligida 0,04 ga ochiq maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 yanvardagi №07/23-06/9-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1 ga maydondan o‘rtacha 54332 dona mandarin ko‘chatlarini etishtirishga erishilgan rentabellik 105,7 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish