Magrupov Abdulla Maxmudovichning
fan doktori (DSc) disseratsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim tizimida strategik va funksional menejmentni integratsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ped8.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Botir Shukrullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raxmanqulova Nargiza Xodjakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Quysinov Odil Alimuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida strategik va funksional menejmentni integratsiyalash mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasini funksional menejment bilan integratsiyalangan strategik boshqaruv tuzilmasi faoliyatning siklik xarakterini ta’limdagi transformatsion jarayonlarga refleksiv uyg‘unligini ta’minlovchi boshqaruvning adaptiv tizimini kiritish asosida takomillashtirilgan; 
innovatsion rivojlanish sharoitida strategik va funksional menejmentni integratsiyalash jarayonlari informatsion monitoring parametrlari va indikatorlarining o‘zgarishlarga moslashish dinamikasi hamda ekzogen va endogen omillarning o‘zaro ta’sirlashuvi asosidagi individual rivojlanish vektorini belgilash asosida takomillashtirilgan; 
rahbarning tashkiliy-boshqaruv potensialini rivojlantirish texnologiyalari strategik boshqaruv faoliyatini pedagogik menejment komponentlari (motivatsion, ta’limiy, ijtimoiy-madaniy, inklyuziv, integrativ) bilan uyg‘unlashuvi hamda funksional talablarning kompetensiyalar transformatsiyasi ta’sirida intensivlashuviga asoslanib takomillashtirilgan;
strategik va funksional menejmentni integratsiyalash jarayonlarini loyihalashtirish mazmuni kasbiy-tadbirkorlik xizmatlari darajalariga ko‘ra innovatsion rivojlanish dasturi va adaptiv boshqaruv modelini joriy etishning ehtiyojlarga asoslangan differensial tamoyillarini belgilash orqali takomillashtirilgan; 
akademik reputatsiya, raqamli transformatsiya, texnologik liderlik, ta’lim xizmatlari diversifikatsiyasi, koorporativ hamkorlik, ijtimoiy yo‘nalganlik kabi informatsion monitoring ko‘rsatkichlarining strategik marketing talablari bilan o‘zaro uyg‘unligiga asoslanib, boshqaruvning integratsiyalashgan mexanizmlari samaradorligini baholash taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida strategik va funksional menejmentni integratsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy va amaliy takliflar asosida: oliy ta’lim muassasasini funksional menejment bilan integratsiyalangan strategik boshqaruv tuzilmasini ta’limdagi transformatsion jarayonlarga uyg‘unligini ta’minlash, boshqaruvning adaptiv tizimini kiritishga oid takliflardan Chirchiq davlat pedagogika universitetining 5110900-Pedagogika va psixologiya, 5611700-Maktab menejmenti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 89-04-364-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasining ta’lim menejerlari tayyorlash yo‘nalishidagi normativ-me’yoriy, o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan; 
innovatsion rivojlanish sharoitida strategik va funksional menejmentni integratsiyalash jarayonlari informatsion monitoring parametrlari va indikatorlarining o‘zgarishlarga moslashish dinamikasi asosidagi individual rivojlanish vektorini belgilash yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar Chirchiq davlat pedagogika universitetining 5110900-Pedagogika va psixologiya, 5611700-Maktab menejmenti magistratura mutaxassisliklari malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 89-04-364-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar ta’lim menejernlarini kasbiy tayyorlashning normativ-me’yoriy, o‘quv-uslubiy ta’minoti hamda boshqaruv kompetentligini baholash mezonlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
rahbarning tashkiliy-boshqaruv potensialini rivojlantirish texnologiyalarini strategik boshqaruv faoliyatini pedagogik menejment komponentlari bilan uyg‘unlashuvi hamda funksional talablarning kompetensiyalar transformatsiyasi ta’siridagi intensivlashuviga asoslanib takomillashtirishga oid takliflardan oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini malakasini oshirish kurslari malaka talablari mazmunini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 89-04-364-son ma’lumotnomasi). Natijada “Ta’lim sifati menejmenti” malaka oshirish kursining o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
strategik va funksional menejmentni integratsiyalash jarayonlarini loyihalashtirish mazmuni, kasbiy-tadbirkorlik xizmatlari darajalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining innovatsion rivojlanish dasturi va adaptiv boshqaruv modelini joriy etishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmonini amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi mazmunini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 89-04-364-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimiga innovatsion menejmentni joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmlarini takomillashtirishning tashkiliy-boshqaruv, institutsional-huquqiy shart-sharoitlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
akademik reputatsiya, raqamli transformatsiya, texnologik liderlik, ta’lim xizmatlari diversifikatsiyasi, koorporativ hamkorlik, ijtimoiy yo‘nalganlik kabi informatsion monitoring ko‘rsatkichlarining strategik marketing talablari bilan o‘zaro uyg‘unligiga asoslanib, boshqaruvning integratsiyalashgan mexanizmlari samaradorligini baholashga oid takliflar oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining kasbiy tayyorgarligini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 89-04-364-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining “Ta’lim sifati menejmenti” malaka oshirish kursining maxsus fanlar bloki modullari mazmuni, o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish