Turdiev Umidjon Kamoliddinovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Raqamli texngologiyalar asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning pedagogik shart-sharoitlari, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2396.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullayevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Choriyev Ilxom Ruzibayovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Karshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiiishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarish mexanizmlari pedagogikaning zamonaviy paradigmalari va elektron o‘quv kontent natijalarining samarali jihatlarini innovatsion ta’lim muhiti sharoitida amaliy qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
pedagogik oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning modeli strategik va funksional menejment imkoniyatlarini xalqaro baholash dasturlarining standartlariga (FrameWork) tashkiliy va didaktik jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning funksional bosqichlari (rejalashtirish, muvofiqlashtirish) sohaga raqamli texnologiyalarni tatbiq etish algoritmini yaxlit pedagogik jarayonning umumiy qonuniyat va tamoyillariga mazmunan singdirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sportni professional faoliyatga boshqarish uchun tayyorlashning hamkorlik va metakompetensiyalarni birlashtirishga asoslangan kompetensiyalarni shakllantirish, refleksiv-innovatsion rivojlanish va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bosqichlari talabalarning rivojlanish vektorini individual belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muasssasalarida raqamli texnologiyalar asosida jismoniy tarbiya va sportni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarish mexanizmlari pedagogikaning zamonaviy paradigmalarini raqamli texnologiyalar (digital technologies) vositasida tizimlashtirish asosida innovatsion takomillashtirishga doir takliflar “Suzish va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 275-sonli buyrug‘i va №285-068-guvohnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish mexanizmlari pedagogikaning zamonaviy paradigmalari raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirishga erishilgan;
strategik va funksional menejment imkoniyatlarini o‘qituvchilarning innovatsion faolligini oshirishga nisbatan raqamli texnologiyalar vositasida qo‘llash asosida takomillashtirilgan pedagogik oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning modeli, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish elementlarining tuzilishini aniqlash va “jismoniy tarbiya darslarida raqamli texnologiyalarni joriy etish” maxsus kursining ilmiy-eksperimental dasturi asosida ishlab chiqilgan materiallar pedagogik jarayonda sinovdan o‘tkazildi va qo‘llanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 02/01-01-71-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari sikllari takomillashtirilgan, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muvofiqlashtirishning on-layn va off-line imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sportni professional faoliyatga boshqarish uchun tayyorlashning hamkorlik va metakompetensiyalarni birlashtirishga asoslangan kompetensiyalarni shakllantirish, refleksiv-innovatsion rivojlanish va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bosqichlari, bu borada talabalarning rivojlanish vektorini individual belgilashga qaratilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialida F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tiliningyangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogikailmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2021 yil 31 avgustdagi 168-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash bosqichlari takomillashtirilgan.