Nishonov Shoxidbek Yusufjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda milliy insul`t registrini yaratish va uning ahamiyati», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib923.
Ilmiy rahbar: Rasulova Xurshidaxon Abduborievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi insul`t o‘tkazgan bemorlarning O‘zbek milliy insul`t registrini yaratish va tashkil etishni asoslash hamda undan foydalanish istiqbollarini baholash buyicha taklif va tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor tibbiy avtomatlashtirilgan axborot tizimi asosida milliy insul`t registri yaratilgan va ishemik insul`t monitoringi asoslangan; 
“Insul`tning gospital registri” asosida statsionar davolashning sifati insul`t natijasiga, xamda asorat rivojlanishi va buzilgan nevrologik faoliyatning tiklanish darajasiga ta’siri aniqlangan;
insul`t bilan og‘rigan bemorlarning yillik omon qolishiga ta’sir qiluvchi ijobiy prognozlovchi omillar (erkak jinsi, insul`tning ishemik turi, 50 yoshgacha, engil nevrologik etishmovchilik, kasallik boshlanganidan 4-5 soat muddatigacha kasalxonaga yotqizish, ortiqcha tana vazni, og‘irlashgan irsiyat) aniqlangan;
insul`tning o‘tkir davrida bemorlarda bul`bar/psevdobul`bar sindromi va ongning buzilishi kabi nevrologik simptomlar zotiljam rivojlanishining prediktori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda insul`t registrini yaratish va tatbiq etish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida: 
bosh miyada qon aylanishning o‘tkir buzilishlarida davolash-tashxislashni optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning  ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bosh miyada qon aylanishning o‘tkir buzilishlarida davolash-tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/516-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma mamlakatning turli hududlarida va kasallikning turli davrlarida insul`tlarning tibbiy-tashkiliy, davolash-diagnostika va reabilitatsiya xususiyatlarini ishnochli va ob’ektiv ravishda taqdim etishga imkonini bergan; 
insul`t bilan kasallangan bemorlarni olib borish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning  ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Insul`t bilan kasallangan bemorlarni olib borish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/516-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma insul`tning uzoq muddatli o‘limga olib kelish ehtimolining prognostik modelini tatbiq etish insul`tdan kutiladigan o‘limni kamaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar sifatini oshirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda insul`tning Milliy registrini yaratish va uning ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasi, Toshkent shahri 5-son shahar klinik shifoxonasi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 dekabrdagi 08-41300–son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etilishi insul`tga chalingan bemorlarni nazorat qilish va dinamik kuzatuvini tashkillashtirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish, mamlakat aholisida ushbu patologiya va uning qaytalanish holatlarining oldini olish bo‘yicha mintaqaviy ishlanmalar yaratish, tibbiyot xodimlari ishchi vaqti harajatlari va tibbiy yordamning moliyaviy resurslarini kamaytirishga imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish