Nazarov Ilxomjon Usmanalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’limda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.PhD/Ped549.
Ilmiy rahbar: Yunusova Dilfuza Isroilovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti. DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Eminov Azizjon G‘ulomjonovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi ta’limning modullilik, tizimlilik, egiluvchanlik, individuallik tamoyillari integratsiyasini ta’minlovchi o‘quv jarayoni sub’ektlarining didaktik ehtiyojlarini qondiruvchi mikrometodik ishchan muhitni barqarorlashtirish asosida takomillashtirlgan;
ta’limda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi samaradorligi blended learning texnologiyasining Flex model hamda Flipped classroom modellari interferensiyasiga asoslangan fanining elektron platforma vositasi strukturasi hamda modulli kontenti o‘zaro samarador aloqadorligini proektiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ta’limda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi fanni modulli kontent asosida o‘qitishning didaktik ta’minoti mazmunini raqamli transformatsiya talablariga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
ta’limda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi natijadorligini aniqlash mezonlari soddadan murakkabga, abstraktdan konkretga vektorli harakat qilish, tizimlilik va uzviylik tamoyillari modulli kontentlarini o‘zini–o‘zi rivojlantirish va nazorat qilish ko‘nikmalariga sinxronlashtirish va ta’lim metodologiyasini diversifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
ta’limda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi ta’limning modullilik, tizimlilik, egiluvchanlik, individuallik tamoyillari integratsiyasini ta’minlovchi o‘quv jarayoni sub’ektlarining didaktik ehtiyojlarini qondiruvchi mikrokmetodik ishchan muhitni barqarorlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Axborot xavfsizligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan berilgan 418-373 son nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’limda axborot texnologiyalari fanini elektron platforma vositasida o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilish samaradaorligi ortgan;
ta’limda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi samaradorligi blended learning texnologiyasining Flex model hamda Flipped classroom modellari interferensiyasiga asoslangan “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanining elektron platforma vositasi strukturasi hamda modulli kontenti o‘zaro samarador aloqadorligini proektiv ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Axborot xavfsizligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan berilgan 418-373 son nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’limda axborot texnologiyalari fanining elektron platforma vositasi tuzilmasi va modulli kontentini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
ta’limda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi fanni modulli kontent asosida o‘qitishning didaktik ta’minoti mazmunini raqamli transformatsiya talablariga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Axborot xavfsizligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy vao‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418son buyrug‘iga asosan berilgan 418-373-son nashr ruxsatnomasi). ta’limda axborot texnologiyalari fanini elektron platforma vositasida modulli o‘qitish texnologiyasining modeli asosida fanni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
ta’limda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi natijadorligini aniqlash mezonlari soddadan murakkabga, abstraktdan konkretga vektorli harakat qilish, tizimlilik va uzviylik tamoyillari modulli kontentlarini o‘zini–o‘zi rivojlantirish va nazorat qilish ko‘nikmalariga sinxronlashtirish va ta’lim metodologiyasini diversifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Axborot xavfsizligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan berilgan 418-373- son nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’limda axborot texnologiyalari fanini elektron platforma vositasida modulli o‘qitish metodikasi samaradorligini aniqlash imkoni kengaytirilgan.