Istamova Dilnoza Sa’dullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak  o‘qituvchilarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi (scamper, sketchnoting misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped517.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shohida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Sharipova Surayyo Burxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz til o‘qituvchilarining pragmatik kompetensiyasini Scamper, Sketchnoting texnologiyalari yordamida rivojlantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pragmatik kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasi lisoniy ko‘nikmalarni shakllantirishning faoliyat usuli, tashqi nutq va artikulyasiya, taksonomik izchillik, paritetlik tamoyillariga ko‘ra “Scamper”, “Sketchnoting” texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari pragmatik kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirishda mustaqil ishlari mazmunini lisoniy topshiriqlar orqali boyitish asosida didaktik jarayonning  reproduktiv va produktiv darajalari aniqlangan; 
“Scamper”, “Sketchnoting”  didaktik modellari strukturasi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida pragmatik kompetensiyani rivojlantirish omillari kommunikativlik, fazeologik birliklar hamda matn tuzish ko‘nikmalarini baholash darajalari asosida takomillashtirilgan;        
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pragmatik kompetensiyasi elektron va mobil qurilmalar (FAQ, FoIrum, Link, Chart, Q/A, Perlev, SWOT, intenview, dayjest, Peport), ichki kontent (CMS), ommaviy ochiq onlayn kurslari (MOOS), mustaqil ishlarning zamonaviy shakllarini o‘zaro inegratsiyasini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak  o‘qituvchilarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi (scamper, sketchnoting misolida) ga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
 bo‘lajak o‘qituvchilarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion va kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan didaktik modellar, tarkibiy tuzilma va baholash darajalari samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan fikr mulohazalardan T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot  institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli  “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 y 24 iyundagi 02-07-1682/04-son ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pragmatik kompetensiyasidagi tarkibiy tuzilmani aniqlash imkoni yaratilgan; 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari pragmatik kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirishda mustaqil ishlari mazmunini lisoniy topshiriqlar orqali boyitish asosida didaktik jarayonning  reproduktiv va produktiv darajalarini aniqlashga oid tavsiyalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi  O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot  institutida bajarilgan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 y 24 iyundagi 02-07-1682/04-son ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
“Scamper”, “Sketchnoting” texnologiyalaridan foydalanishga oid tavsiyalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot  institutida bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 y 24 iyundagi 02-07-1682/04-son ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida pragmatik kompetensiyani rivojlantirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pragmatik kompetensiyasi elektron va mobil qurilmalar (FAQ, FoIrum, Link, Chart, Q/A, Perlev, SWOT, intenview, dayjest, Peport), ichki kontent (CMS), ommaviy ochiq onlayn kurslari (MOOS), mustaqil ishlarning zamonaviy shakllarini o‘zaro inegratsiyasini optimallashtirishga oid tavsiyalardan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 y 24 iyundagi 02-07-1682/04-son ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish