Sultonov Ravshan Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda o‘pka bronxlarining postnatal ontogenetik rivojlanish ko‘rsatkichlari» 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1624.
Ilmiy rahbar: Sadikova Zumrat Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamidova Farida Muyinovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda traxea va o‘pka bronxlarining postnatal ontogenetik rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ilgandan bir oygacha bo‘lgan muddatda chaqolaqlarning traxeya devorining barcha qatlamlari yaxshi takomil topmagan to‘qimalardan iboratligi, qoplovchi epiteliysi ko‘p qatorlarida bir qavatligi, xususiy plastinkasi shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimadan shakllangan to‘qimaga, tog‘ay xalqalari siyrak xondroidli va hujayrali tuzilishdan mayda hujayrali zich xondromatoz to‘qimaga aylanib borishi isbotlangan;
bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘pka bo‘laklari bosh bronxlari devori bir oylik davrda varonkasimon shakldan silindrsimon shaklga, qoplovchi epiteliysi ko‘p qatorli shakli, burmali holatdan bir qavatli silliq tuzilish, xususiy plastinkasi ko‘p hujayrali shakllanmagan holatdan tolali tuzilmali shakllangan biriktiruvchi to‘qimaga, tog‘ay xalqalari yassi va shishli ko‘rinishdan dumaloq va zich ko‘rinishga aylanib borishi asoslangan;
chaqaloqlarning bir oylik davrida to‘liq bo‘lakchalar ichi bronxiola devori qatlamlari shakllanmagan holatdan shakllangan va takomil topgan holatga, qoplovchi epiteliysi burmali, qadoqsimon hujayralari kam holatdan silliqlangan, xususiy plastinkasi shishli, shaklllanmagan biriktiruvchi to‘qimadan tolalari va mushak tutamlari shakllanganligi isbotlangan;
turli davrdagi chaqaloqlarda o‘pka va turli kalibrdagi bronxlarini gistologik tuzilishini, morfometrik o‘zgarishini baholashda epetiliy, biriktiruvchi, fibroz-tog‘ay, mushak to‘qimalarining asoratlanishini yoshga bog‘lik xususiyatlari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda o‘pka bronxlarining postnatal ontogenetik rivojlanish ko‘rsatkichlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda o‘pka bronxlarining posnatal ontogenetik rivojlanish ko‘rsatkichlarini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda o‘pka bronxlarining postnatal ontogenetik rivojlanish ko‘rsatkichlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 8n-z/569-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda traxea, bronxlarni morfologik va morfometrik rivojlanish dinamikasini baholash orqali patsientlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda o‘pka bronxlarining posnatal ontogenetik rivojlanish ko‘rsatkichlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologik anatomiya markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy ta’lim muassasalari ilmiy tadqiqot labaratoriyalari, Biologik va immunologik tadqiqotlar boshqarmalarining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 08-40746-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi erta postnatal davrning bir oyligida qoplovchi epiteliyning egallagan maydoni bronx devori barcha qatlamlari maydonining 20 dan 1 qismini tashkil qilgan bo‘lsa 12-oyligiga kelib 11dan 1 qismigacha qalinlashganligi, mushak qavati 9,5 dan 1 qismidan 6,5dan 1 qismgacha, shilliq bezlar 3dan 1 qismdan 2,7dan 1 qismgacha qalinlashgan, bularga aksincha xususiy plastinka 6,4/1 qismdan 8,5/1 qismgacha, tog‘ay xalqalari 2,6/1 qismdan 3,4/1 qismgacha ensizlanganligi kuzatilib, bemorlarning umrini uzayishi va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.