Bozorov Shuxrat Istamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bel va bel-dumg‘aza umurtqalari silini xirurgik davolashda oldingi ekstraperitoneal kirish yo‘llarini takomillashtirish», 14.00.26 – Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2298.
Ilmiy rahbar: Usmonov Isomiddin Haydarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Kozim Sobitovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Shatursunov Shahaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bel va bel-dumg‘aza umurtqalari silini xirurgik davolashda oldingi ekstraperitoneal kirish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bel va bel-dumg‘aza umurtqalaridagi sil jarayonlarini jarrohlik usulida davolashda an’anaviy-klassik uslubdagi radikal tiklovchi amaliyotlarni qo‘llagandagi kuzatiladigan asoratlarlarning kelib chiqish sabablari isbotlangan;
bel VL3-5 va bel-dumg‘aza VL5-VS1,2 umurtqasi sili bilan og‘rigan bemorlarda radikal tiklovchi amaliyotlar o‘tkazishda oldingi ekstraperitoneal pararektal kesimli jarrohlik amaliyotlarining yuqori samaradorligi isbotlangan;
bel-dumg‘aza VL5-VS1,2 umurtqasi silida oldingi ekstraperitoneal ko‘ndalang bispinar kesimli radikal tiklovchi jarrohlik amaliyotlarining yuqori samaradorligi isbotlangan;
oldingi ekstraperitoneal kesimli radikal tiklovchi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlar uchun tibbiy-emotsional reabilitatsiya choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bel va bel-dumg‘aza umurtqalari silini xirurgik davolashda oldingi ekstraperitoneal kirish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umurtqa pog‘onasining bel va bel-dumg‘aza sohasining sil kasalligini radikal tiklovchi amliyotlarda oldingi ekstraperitoneal kesimli amaliyotlarning samaradorligi bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Umurtqa pog‘onasining bel va bel-dumg‘aza sohasining sil kasalligini radikal tiklovchi amliyotlarda oldingi ekstraperitoneal kesimli amaliyotlarning samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 iyuldagi 8n-z/351-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar bel va bel-dumg‘aza umurtqalari silini davolashda jarrohlik uslublarining samaradorligini oshirishga imkon bergan;
umurtqa pog‘onasining bel va bel-dumg‘aza umurtqalari silini jarrohlik usulida davolashda oldingi ekstraperitoneal kirish uslublarining qo‘llanilishidan olingan ilmiy natijalar Buxoro, Andijon, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlardagi ftiziatriya va pul`monologiya markazlarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 08-40778-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bel va bel-dumg‘aza umurtqalari silini jarrohlik usulida davolashning samaradorligini oshirgan, bemorlarning reabilitatsiya davrini va nogironlik darajasini kamaytirishga, bemorlar hayot sifatining yaxshilanishiga olib kelgan.