Zeynitdinova Zieda Askarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 (SARS-CoV-2)da ogiz bushligidagi patologik morfofunksional uzgarishlarning asosiy jixatlari”, 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irina Aleksandrovna Belenova, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: I.P.Pavlova nomli Sankt-Piterburg Birinchi davlat tibbiet universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirishni hisobga olgan holda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining morfofunksional patologik va virusli zararlanishlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19dagi patogenetik va funksional buzilishlar va OBShQning jadal kechadigan keng eritematoz, eroziv va yarali zararlanishlar bilan namoyon bo‘ladiganfunksional holati o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda organizmning turli tizimlarida sitokinlar hujumi natijasida kelib chiqqan gemostaz tizimining qon tomir-trombotsitar va prokoagulyant bo‘g‘inlarida turg‘un buzilish aniqlangan;
COVID-19 daqon va og‘iz suyuqligida IL-1v, IL-6 yallig‘lanish oldisitokinlarning konsentratsiyasi, shuningdek og‘iz suyuqligida laktoferrin konsentratsiyasining oshishi aniqlangan;
COVID-19 fonidagiOBShQ kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni yuritish va kompleks davolashningINFA geli va Imunofan qo‘shilgan yangi sxemasining samaradorligi jarayonning qo‘zish davri og‘irlik darajasining pasayishi va latent davrining uzayishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19da og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati zararlanishining patogenetik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy himoya omillari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy himoya omillari va immun reaktivligi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 avgustdagi 8n-r/1857-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati patologiyasining paydo bo‘lishida og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy himoya omillarining patogenetik rolini ochib bergan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda gerpetik stomatitni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda gerpetik stomatitni kompleks davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 avgustdagi 8n-r/1856-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda orofassial sohaning gerpetik zararlanishlarini davolashda kompleks terapiya samaradorligini ochib bergan;
COVID-19 ogiz bushligidagi patologik morfofunksional uzgarishlarning asosiy jixatlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari amaliy sog‘liqni saqlashga, jumladan, Toshkent shahridagi “To‘rtinchi”MChJ stomatologiya poliklinikasi hamda Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi DUK faoliyatiga tatbiq etildi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkoniyati yaratilgan.