Xudayarova Sevara Muratbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Surunkali buyrak kasalligida ensefalopatiyaning klinik va nevrologik xususiyatlari va patogenezi masalalari”, 14.00.13 - Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1187.
Ilmiy rahbar:Raxmatullaeva Gul`nara Kutbitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Babajanova Zamira Xikmatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raimova Malika Muxammedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarova nomli Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi sababli kelib chiquvchi ensefalopatiyaning klinik, nevrologik xususiyatlari va rivojlanish patogenezini tahlillashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligida o‘tkir va surunkali ensefalopatiya holati o‘tkir serebrovaskulyar asoratlarga shakllanishi aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligida o‘tkir va surunkali ensefalopatiyani og‘irlashtiruvchi omil sifatida kognitiv va xavotir-depressiv o‘zgarishlar mavjudligi isbotlangan;
ilk bor, surunkali buyrak kasalligida kognitiv o‘zgarishlar bilan kechuvchi ensefalopatiya va qondagi sistatin C miqdori orasida teskari korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligi kal`siy, fosfor va paratireoid gormon miqdorining o‘zgarishi orqali miya tomirlari kal`sifikatsiyasiga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligi sababli kelib chiquvchi ensefalopatiyaning klinik, nevrologik xususiyatlari va rivojlanish patogenezini tahlillash natijalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali buyrak kasalligida asab tizimining shikastlanishini klinik tashxislash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Surunkali buyrak kasalligida asab tizimining shikastlanishini klinik tashxislash usuli" (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n–r/30-son ma’lumotnomasi) va "Surunkali buyrak kasalligida asab tizimining shikastlanishini laborator va instrumental tashxislash usuli" (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 maydagi 1n–r/484-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan. Natijada surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning klinik, nevrologik, neyropsixologik, laborator va instrumental tekshiruv natijalari batafsil yoritilgan hamda kasallikni erta tashxislash, asoratlarni oldindan bashoratlash, o‘z vaqtida profilaktik va davo muolajalarini qo‘llash, bevaqt o‘limning oldini olishga erishish imkoni yaratilgan;
surunkali buyrak kasalligi sababli kelib chiquvchi nevrologik asoratlar, ularning rivojlanish patogenezini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natija sog‘liqni saqlash amaliyotida, xususan, ko‘p tarmoqli Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi va 7-son shahar klinik kasalxonasida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 sentyabrdagi 8n–z/486-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali buyrak kasalligida, rivojlanadigan bosh miyaning shikastlanishlarini tashxislashni yaxshilash, kasallikning kechishi va oqibatlarini belgilash, asoratlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni optimallashtirish, shuningdek, bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.