Yuldosheva Dilnavoz Xasanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar noalkogol yog‘ xastaligi rivojlanishini klinik-laborator va molekulyar - genetik markyorlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib595.
Ilmiy maslahatchi: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12. 2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvasit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zoxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jigar noalkogol yog‘ xastaligi rivojlanishini klinik-laborator va molekulyar-genetik markyorlar orqali bashoratlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar noalkogol yog‘ xastaligi yallig‘lanish oldi (O‘NO-α, IL-6) va unga qarshi (IL-10) sitokinlari o‘zgarishlari aniqlash orqali steatoz va steatogepatit bosqichlari aniqlangan va sitokinlarning boshqa biokimyoviy tahlillar bilan korrelyasion bog‘liqligi tahlil qilingan;
ilk marotaba o‘zbek millatida MBOAT7 geni rs641738 polimorfizmining yovvoyi G allel va G/G genotipi protektiv ta’sir ko‘rsatish orqali kasallikning yuzaga kelishini kamaytirishi, mutant T alleli hamda gomozigot mutant T/T genotipi o‘rtasida musbat bog‘lanish borligi va steatogepatit bosqichi rivojlanish xavfini oshirishi aniqlangan
ilk marotaba o‘zbek millatida jigar noalkogol yog‘ xastaligida GCKR, E P446L (rs1260326) geni polimorfizmi genetik markerlarning diagnostik ahamiyati asoslangan va xastalikni rivojlanishi orasida statistik ahamiyatli bog‘liqlik yo‘qligi isbotlangan;
jigar noalkogol yog‘ xastaligi diagnostikasida ishlab chiqilgan qo‘rsatma yordamida bosqichma-bosqich istisno qilish usuli bilan jigarda kechayotgan steatoz, yallig‘lanish bosqichlari aniqlangan va steatoz, steatogepatit bosqichlarini qiyosiy farqlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar noalkogol yog‘ xastaligini rivojlanishini klinik-laborator va molekulyar-genetik markyorlar orqali baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan:
jigar noalkogol yog‘ xastaligi rivojlanishida klinik, laborator ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Jigar noalkogol yog‘ xastaligi rivojlanishini steatoz va steatogepatit bosqichida klinik, laborator ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 oktyabrdagi 8n-z/540-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kasallikka steatoz va steatogepatit bosqichida asosiy qiyosiy tavsifi etarli klinik amaliyot, yaqqol biokimyoviy sitoliz darajasi asosida baholash imkonini bergan;
jigar noalkogol yog‘ xastaligi rivojlanishini molekulyar-genetik markyorlar orqali baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Jigar noalkogol yog‘ xastaligi rivojlanishini molekulyar-genetik markyorlar orqali baholash va bashoratlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 oktyabrdagi 8n-z/540-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma genlar polimorfizmi noalkogol steatogepatit rivojlanishida sezilarli statistik musbat va manfiy bog‘liqlik namoyon bo‘lishi, jigar noalkogol yog‘ xastaligi bilan kasallangan bemorlarni steatoz va steatogepatit bosqichlarini farqlash imkonini bergan;
jigar noalkogol yog‘ xastaligini klinik-laborator va asbobiy tekshirish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Jigar noalkogol yog‘ xastaligini klinik-laborator va asbobiy tekshirish usullari asosida xastalikning oqibatini bashoratlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 oktyabrdagi 8n-z/540-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jigar noalkogol yog‘ xastaligini erta tashxislash, asoratlari turini oldindan bashorat qilish, kasallik rivojlanishining oldini olish imkonini bergan;
jigar noalkogol yog‘ xastaligini rivojlanishini klinik-laborator va molekulyar-genetik markyorlar orqali baholash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Jondor va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi, Andijon viloyati Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi “Terapiya” bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 12 yanvardagi 08-00346 -son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi jigar noalkogol yog‘ xastaligi rivojlanishini klinik-laborator va molekulyar-genetik markyorlari orqali baholash asosida xastalikning erta tashxisini ta’minlash, davolash usulini tanlash xamda asoratlarini oldini olishning choralarini ishlab chiqish orqali bemorlarni ambulator sharoitda tashxislash, asoratlarni oldindan bashoratlash va kamaytirish imkonini bergan.