Uzaqov G‘ulomjon Oqbutaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning janubiy mintaqasida kuzgi bug‘doy etishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni takomillashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx39.

Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, Qashqadaryo filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, PhD.27.06.2017.Qx.12.01.

Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: respublikaning janubiy mintaqasi sug‘oriladigan erlarida bug‘doyni yangi navlarini ochiq maydonlarda va g‘o‘za qator oralarida etishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor respublikaning janubiy mintaqasi sharoitida bug‘doyni yangi navlarini ekish muddatlari, me’yorlari, usullarini ochiq maydon va g‘o‘za qator oralarida sinalgan va ular maqbullashtirilgan;

zamonaviy g‘alla ekish seyalkalari orqali an’anaviy (SZU-3,6) ekish seyalkasiga nisbatan resurstejamkor texnologiyalar ishlab chiqilgan;

resurstejamkor texnologiyalarda bug‘doyni yangi navlarining o‘sishi, rivojlanishi va o‘simliklarning qishlab chiqishi, hosilning shakllanishi, yotib qolishga chidamligi aniqlangan;

bug‘doy yangi navlari donining biokimyoviy tarkibi, oqsil va kleykovina miqdori, nonboplik sifati baholangan, ularning kuchli va qimmatli bug‘doy talablariga javob berishi aniqlangan;

kuzgi bug‘doyning yangi yaratilgan navlari uchun eng maqbul etishtirish texnologiyasi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonning janubiy mintaqasida kuzgi bug‘doy etishtirishning resurstejamkor texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

kuzgi bug‘doyni etishtirishda resurstejamkor usullarni qo‘llash yuzasidan «Boshoqli don ekinlarini etishtirishda resurstejamkor usullarni qo‘llash» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilib, fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2018 yil 25 yanvarda tasdiqlangan). Buning natijasida rentabellik darajasi 45-70 foizni tashkil etgan;

g‘o‘za qator oralariga Fankxauzer-2115 seyalkasi yordamida kuzgi bug‘doy urug‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish va yuqori hosil olish agrotexnologiyasi Qashqadaryo viloyatining Nishon, Qarshi va Kasbi tumanlari g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga 2016-2017 yillarda, jami 59 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 16 oktyabrdagi №02/21-543-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘simliklarning qishlab chiqishi, hosilning shakllanishi, donning kimyoviy tarkibi, oqsil va kleykovina miqdori, nonboplik sifatlari yaxshilangan va don hosildorligi gektariga 5-7 sentnerga oshgan;

kuzgi bug‘doyni ekish muddatlari va me’yorlari maqbullashtirilgan resurstejamkor agrotexnologiyasi Respublikaning janubiy mintaqasi sharoitida g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida keng maydonlarga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 16 oktyabrdagi №02/21-543-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida suv, yoqilg‘i moylash materiallari va boshqa resurslar tejalib, gektaridan 658-1301 ming so‘mgacha sof foyda olingan, rentabellik darajasi 31-71 foizgacha oshishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish