Maxmatmurodov Alisher Ul`masovichning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asosiy va takroriy ekin sifatida ekilgan  makkajo‘xorini xosildorligiga oziqlanishning ta’siri», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Qx25.

Ilmiy maslahatchi: Umurzoqov Elmurod Umurzoqovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tellyaev Rixsivoy Shamaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Siddiqov Ravshanbek Inomovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: turli darajada unumdorlikka (yuvilgan va yuvilmagan) ega bo‘lgan tipik bo‘z tuproqlar mintaqasi sharoitida Zarafshon Qoratau fosforitlari negizida ishlab chiqilgan turli shakl va me’yorlardagi fosforli yangi o‘g‘itlarni azotli va kaliyli mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llashning asosiy va takroriy ekin makkajo‘xorining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini tadqiq qilish hamda ularni qo‘llash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor unumdorligi turlicha bo‘lgan, yuvilgan va yuvilmagan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida asosiy va takroriy makkajo‘xori etishtirishda fosforli oziqa tartiblari ishlab chiqilgan;

asosiy va takroriy etishtirilgan makkajo‘xorining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, don va yashil massa sifati, NPKni o‘zlashtirishi, hosil shakllanishiga qattiq va suyuq shakllardagi yangi fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlari va muddatlariga ta’siri aniqlangan;

Zarafshon fosforitlari negizida ishlab chiqilgan yangi turli shakl va me’yordagi fosforli o‘g‘itlarni makkajo‘xori navlarining barg sathi, sof fotosintez mahsuldorligi, quruq moddalar to‘planishi, ildiz tizimi va er ustki qismi rivojlanishi hamda massasiga ta’siri aniqlangan;

asosiy va takroriy muddatda ekilgan makkajo‘xorining amal davri davomiyligida qattiq va suyuq fosforli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabchanligi, fosfatlarning maqbul shakllari, tarkibida fosfor bo‘lgan o‘g‘itlar me’yorlari hamda ularni tuproqdan olib chiqib ketish va foydalanish darajalari aniqlangan;

fosforitlarning o‘simlik oziqlanishi uchun maqbullik darajasi, o‘sishi va rivojlanishini jadallanishi, amal davrini qisqarishi, yuqori darajada organik moddalar to‘plashi, biometrik ko‘rsatkichlar va hosil sifatiga ta’siri aniqlangan;

JKU 10:34:0 va PFA markali suyuq va qatiq fosfor o‘g‘itlar 60 va 100 kg/ga P2 O5 me’yorida qo‘llanilganda ularning ta’siri ammofos o‘g‘itining 140 va 160 kg/ga me’yoriga barobar ko‘rsatkichlariga ega bo‘lganligi aniqlangan va resurs tejamkor usul sifatida ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Makkajo‘xori asosiy va takroriy muddatlarda etishtirilganda uni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishga fosfat rejimini ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:

asosiy va takroriy muddatlarda ekilgan makkajo‘xorini oziqlantirishda «Asosiy va takroriy ekin sifatida ekilgan makkajo‘xorini oziqlanishiga fosfat rejimini ta’siri» bo‘yicha tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 02/23-626-son ma’lumotnomasi). Bunda makkajo‘xori don uchun etishtirilganda mineral o‘g‘itlarni N240 P120 K100, yashil massa uchun N180 P90 K60 hamda eroziya natijasida yuvilgan maydonlarda N240 P120 K100 va yuvilmagan maydonlarda esa N240P90K100 me’yorlarda qo‘llash yuqori samaradorlikka erishilgan;

Zarafshon vohasi tipik bo‘z tuproqlari unumdorligi va harakatchan R2O5 bilan ta’minlanganlik darajasini inobatga olgan holda fosforli o‘g‘itlarning turli shakl va me’yorlardan tabaqalashtirilgan tarzda qo‘llash texnologiyalari Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida 38 gektar,  Poyariq  tumanida  40 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 02/23-626-son ma’lumotnomasi). Natijada makkajo‘xori don hosili gektariga 6,12-6,61 tonna, rentabellik darajasi 93,6-108,9 foizni hamda yashil massa hosili 70,4-70,8 tonna va rentabellik darajasi 48,5-55,7 foizni tashkil etgan;

makkajo‘xori duragaylari asosiy va takroriy muddatlarda etishtirilganda yuqori don va yashil massa hosili olishni ta’minlashda maqbul fosfat rejimini qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidaga ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida 28 gektar,  Tayloq tumanida 30 gektar, jami 136,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 02/23-626-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida makkajo‘xori don uchun etishtirilganda mineral o‘g‘itlar gektariga N240P120K100 kg me’yorda qo‘llanilganda hosildorlik 7,02-7,17 tonna, iqtisodiy samaradorlik 1432-1962 ming so‘m va rentabellik darajasi 106,4-130,4 foiz, yashil massa hosili  78,7-79,5 tonna, iqtisodiy samaradorlik 4161-4592 ming so‘m, rentabellik darajasi 70,6-94,5 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish