Petrosyan Nelya Valer`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion pedagogik texnologiyalar orqali til yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirish ”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped 2741.
Ilmiy rahbar: Ashurov Shahobiddin Saidovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.FiL/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor G.T.Maxkamova; pedagogika fanlari doktori, professor D.U.Xashimova.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filologik oliy o‘quv yurtlari talabalarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalarni autent materiallar vositasida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda ommaviy axborot vositalariga asoslangan ma’lumotlardan foydalangan holda ingliz tilini o‘qitish mazmunini takomillashtirishda didaktik topshiriqlarga asoslangan autentik materiallardan foydalanish samaradorligi isbotlangan;
lingvistik oliy o‘quv yurtlari o‘quv jarayonida tanqidiy fikrlashning zamonaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan imkoniyatini rivojlantirishga nisbatan texnologik yondashuvdan spektrli foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari orqali talabalarning mantiqiy va analitik tafakkurini shakllantirishga qaratilgan didaktik ta’minot takomillashtirilgan;
tuzilishi hamda strukturasi jihatidan jurnal maqolalari, video materiallar lug‘atidan foydalanish samaradorligi va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning ratsionalligi jihatlari bilan farq qiluvchi «deduksiya» pedagogik texnologiyasining mazmuni o‘quv faoliyatini mahsuldor tashkillashtirishning tabaqalashtirish aspekti nuqtai nazaridan asoslangan;
tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan samarali vazifalar tizimini autentik materiallar yordamida shakllantirish asosida innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida ta’limni individuallashtirish va differensiallashtirishning didaktik tamoyillarini takomillashtirishga qaratilgan “deduksiya” yangi pedagogik texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lingvistik oliy o‘quv yurtlari talabalarining tanqidiy fikrlashini innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda filologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining imkoniyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib ommaviy axborot vositalariga asoslangan holda ingliz tilini o‘qitish mazmunini takomillashtirishda autentik materiallardan foydalanish samaradorligiga oid ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining OT-Atex-2018-519-raqamli «Kompyuter imitatsion modellari asosidagi virtual resurslarni Web-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish» loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 2 fevraldagi 344 30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy axborot vositalarining asl matnlari asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun o‘quv materiallari ishlab chiqilishiga erishilgan;
lingvistik oliy o‘quv yurtlari o‘quv jarayonida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga nisbatan texnologik yondashuvdan foydalanishning uslubiy hamda pedagogik shart-sharoitlari tizimini asoslash orqali talabalarning mantiqiy va analitik tafakkurini shakllantirishga qaratilgan didaktik ta’minotga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP: O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish» loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 26 fevraldagi 346 30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvistik oliy o‘quv yurtlari talabalariga tanqidiy fikrlashni o‘qitish metodikasi takomillashtirilishga erishilgan;
tuzilishi xamda strukturasi jihatidan jurnal maqolalari, video materiallar lug‘atidan foydalanish samaradorligi va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning ratsionalligi nuqtai nazaridan farq qiluvchi «deduksiya» pedagogik texnologiyasining mazmuniga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining I-204-4-5 «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» innovatsion loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 26 fevraldagi 345 30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada chet tili ta’limi sifatini oshirish, chet tili o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini isloh qilish maqsadida tanqidiy fikrlashga o‘rgatishning uslubiy yondashuvi takomillashtirilishga erishilgan.