Eshchanova Go‘zal Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda xorijiy tillar bo‘yicha lingvistik kompetentlikni axborot-metodik ta’minot asosida takomillashtirish (texnika yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim - tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD4231.
 Ilmiy rahbar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.2019.T.10.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Himmmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qalandarova Sofiya Tohirovna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika yo‘nalishidagi talabalarda xorijiy tillarni o‘qitishda lingvistik kompetensiyalarni axborot-metodik ta’minot asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassalarida talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirish va lingvistik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan axborot-didaktik ta’minoti kompetensiya talablarini (o‘qish, yozish, tinglash, so‘zlash) xorijiy tillarni o‘qitish mazmuniga bosqichma-bosqich singdirish  asosida mazmunan takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘zlashtirish orqali lingvistik kompetentlikni rivojlantirish modeli hamda ta’lim olish uchun shakllanadigan kompetensiyalar, ta’lim berishning motivatsion bazasi, uni yaratish va rag‘batlantirish usullari, talabalarda leksik ko‘nikma va qobiliyatlar tizimini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida rivojlantirilgan;
xorijiy tillarni mutaxassislikka yo‘naltirib o‘qitishda kognitiv jarayonlarning roli, nutq faoliyatining har xil turlarining o‘zaro bog‘liqligi, lingvistikaning tuzilishi va faoliyatining kognitiv tamoyillarini qo‘llash orqali  mantiqiy fikrlashga undovchi mashq va topshiriqlar to‘plami hamda mustaqil ta’limni tashkil etish usullari ishlab chiqilgan;
talabalarning lingvistik kompetentligini baholash talablari hamda parametrlari texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini mutaxassislikka oid bilish darajasini baholash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda xorijiy tillar bo‘yicha lingvistik kompetentlikni rivojlantirishning axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
texnika oliy ta’lim muassalarida talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirish va lingvistik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan axborot-didaktik ta’minoti kompetensiya talablarini (o‘qish, yozish, tinglash, nutqiy) xorijiy tillarni o‘qitish mazmuniga bosqichma-bosqich singdirishga oid takliflardan 5430100- Qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalash bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-81-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili bakalavriat yo‘nalishi o‘quv dasturlari takomillashtirish, darsliklar, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan, ta’lim mazmuni va o‘qitish texnologiyalarini tanlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
ingliz tilini o‘zlashtirish orqali lingvistik kompetentlikni rivojlantirish modeli hamda ta’lim olish uchun shakllanadigan kompetensiyalar, ta’lim berishning motivatsion bazasi, uni yaratish va rag‘batlantirish usullari talabalarda leksik ko‘nikma va qobiliyatlar tizimini shakllantirishning psixologik xususiyatlarini aniqlashga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan Britaniya Kengashining (EnSPIRE-U- “English for Specific Purposes Integrated Reforms in Uzbekistan”) (Ingliz tili Maxsus Maqsadlarda, O‘zbekistonda Interallashgan Reformalar, 2015-2019 yy., 87-04-1622) va (“English as a Medium of Instruction”)– Ingliz tilini maxsus instruksiyalar orqali o‘qitish metodikasi, 2019-2022yy., 87-03-3816) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-81-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda xorijiy tillar bo‘yicha lingvistik kompetentlikni rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
xorijiy tillarni mutaxassislikka yo‘naltirib o‘qitishda mantiqiy fikrlashga undovchi mashq va topshiriqlar to‘plami hamda mustaqil ta’limni tashkil etish usullari (jumladan, dars ishlanmalari, ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar) “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Jizzax politexnika instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutlarining ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan  va tajriba-sinovdan o‘tkazilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-81-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda lingvistik kompetentligini shakllantirish, tilni o‘zlashtirish malakalari bo‘yicha turg‘un ko‘nikma va tasavvurlarni kengaytirish imkoniyati oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish