Rustamov Firuz Raufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza bo‘g‘imi medial kollateral boylami uzilishlarini jarrohlik usulda davolashni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3062.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Akramov Voxidjon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tizza bo‘g‘imi medial kollateral boylami uzilishlarida jarroxlik va reabilitatsiya usullarini optimallashtirish orkali davolash natijalarini va samaradorligini yaxshilashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tizza bo‘g‘imining frontal nostabilligini bartaraf etish va jarrohlikdan keyin erta reabilitatsiyani boshlash imkonini beruvchi autotransplantat sifatida m.grasilis payi bilan amalga oshiriladigan autoplastika usuli ishlab chiqilgan, bunda autotransplantatning kapsula va tashqi fassiya orasidan o‘tkazilishi boylamni tiklashda mustaxkam natija olinishi isbotlangan; 
tizza bo‘g‘imining medial kollateral boylam uzilishini tiklashda boldirning proksimal medial qismida teri va teri osti kesimi an’anaviy 12 smgacha emas, balki 2-3 smgacha bajarilishi, nozik mushak payi autotransplantatini kamjaroxat va oson yo‘l bilan o‘tkazilishi orqali tenodezni tez va qisqa vaqtda bajarish imkoniyati isbotlangan;   
tizza medial kollateral boylami jaroxatini tiklash uchun son suyagining do‘ngligi soxasida diametri 4 mmgacha bo‘lgan V-simon suyak tunneli xosil qilish orqali autotransplantatni ikki barobar mustaxkam o‘tkazilishi va payning erkin uchini transossal fiksatsiya qilish imkoniyati isbotlangan; 
tizza medial kollateral boylami uzilishini autoplastika yordamida xirurgik davolash usuli qo‘llanilgan bemorlarda taklif etilgan son medial stabilizatorlarinii mustaxkamlashga qaratilgan krio- va  fizioterapiyadan tashkil topgan kompleks muolajalardan iborat bo‘lgan reabilitatsiya usuli yordamida immobilizatsiya davrining 1 xaftagacha qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tizza bo‘g‘imi medial kollateral boylami uzilishlarini davolash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tizza bo‘g‘imi medial kollateral boylami uzilishlarini jarrohlik usulda davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ixtiroga Intellektual mulk agentligining patenti olingan «Tizza bo‘g‘imining medial kollateral bog‘lamini davolash usuli» (FAP 01858-son patenti, 29.03.2022 yil). Olingan natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki davolashning yaqin va uzoq natijlari 96,0%gacha yaxshilanishiga, jarrohlik amaliyotidan keyingi immobilizatsiya vaqtini  bir haftaga kamaytirishga olib kelgan;
tizza bo‘g‘imi medial kollateral boylami uzilishlarini jarrohlik usulida  davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Osteoperforatsiya uchun six yoki parmani yo‘naltiruvchi moslama» uchun Intellektual mulk agentligining foydali model`ga patenti olingan (FAP 02113-son patenti, 15.10.2022 yil). Olingan natijalar  jarrohlik amaliyoti vaqtini  93,1%gacha qisqartirishga olib kelgan; 
tizza bo‘g‘imi medial kollateral boylami uzilishlarini jarrohlik usulida davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida «Tizza bo‘g‘imi medial kollateral bog‘lami uzilishlarini jarrohlik usulida davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 8-n-z/649-son ma’lumotnomasi). Olingan ma’lumotlar tizza bo‘g‘imi medial kollateral boylami jarrohlik usulida  davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan.
tizza bo‘g‘imi  medial kollateral bog‘lami uzilishlarini jarrohlik usulida davolangan  bemorlarni  davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Andijon ko‘p tarmoqli viloyat tibbiyot markazi, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazining Buxoro filiali amaliyotiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 08-40166-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar orqali tizza bo‘g‘imi funksiyalarini 96,4% yaxshilanishiga erishilgan.Olingan natijalar tizza bo‘g‘imi funksiyalarini 96,4% yaxshilanishiga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish