Abdusattarov Xurshid Abdusamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy malumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «Pastki ko‘krak va bel umurtqa tanalarining kompression asoratlanmagan  sinishlarini davolashni optimallashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib684.
Ilmiy rahbar: Hujanazarov Ilhom Eshqulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissretatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Shatursunov Shaxaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Alisher Rahimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tahkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga moliq.
II.Tadqiqotning maqsadi adekvat jarrohlik taktikasini tanlash uchun differentsial yondashuv ishlab chiqish asosida bel umurtqalarining asoratlanmagan jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bel umurtqalari tanasining asoratlanmagan sinishida og‘riq sindromining umurtqa pog‘onasining kifotik deformatsiyasi darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
umurtqa pog‘onasining og‘ish darajasini aniqlash taktikasini ishlab chiqish orqali bel umurtqalari jarohatlarida umurtqa pog‘onasining kifotik deformatsiyasi darajasini tashxislash usuli takomillashtirilgan;
bel umurtqalari sohasining asoratlanmagan sinishi natijasida kifotik deformatsiyasini barqarorlashtirish va jarrohlik yo‘li bilan davolashning samarali usuli umurtqa pog‘onasini transpedikulyar fiksatsiya qilish ekanligi isbotlangan;
umurtqa o‘qining 20 darajadan oshmaydigan kifotik deformatsiyada uni jarrohlik yo‘li bilan tiklash umurtqa pog‘onasini doimiy tik tutib turuvchi va og‘riq sindromini kamaytirish uchun eng maqbuli ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarinining joriy qilinishi. 
Bel umurtqalari sohasining asoratlanmagan jarohatllarini tashxislash va davolash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalar asosida:
ko‘krak-bel umurtqalarining asoratlanmagan shikastlanishlarini tashxislash va davolash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari “Ko‘krak va bel umurtqalarining asoratsiz jarohatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlahgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 8n-p/63-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bel umurtqa pog‘onasi darajasida va umurtqa tanasining siqilib sinishi bo‘lgan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish natijalarini 93%gacha yaxshilash imkonini bergan.
pastki ko‘krak va bel umurtqa tanalarining kompression asoratlanmagan  sinishlarini davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika 1-son klinik shifoxonasi,  Fargona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (Sog'liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 08-41501-son ma’lumotnomasi) amaliy faoliyatiga kirgizildi. Tadqiqot natijalari jarrohlik usullari bilan davolash bemorlarning 87,5%da umurtqa pog‘onasi o‘qini 20° gacha tiklash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish