Abdulxakova Nargiza Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ildiz kanallarining endodontik sanatsiyasi uchun antiseptik ishlovini klinik-patogenetik asoslash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD /Tib1222.
Ilmiy rahbar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Orexova Lyudmila Yur`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomli Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompleks davolashga Dekasan preparatini qo‘shish bilan apikal periodontit terapiyasi samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor in vitro tajribada antiseptik vosita va ul`tratovush kompleksining odam ildiz kanali oralig‘ida, yuza va chuqur dentinda Enterococcus Faecalis bioplenkasi titrini sezilarli pasaytirishi va ildiz kanallari tizimining agressiv muhitida patogen mikroorganizmlarni neytrallanishi aniqlangan;
ildiz kanallari tizimining in vivo klinik tadqiqotlarida tishlarning ildiz kanali oralig‘i va dentin kanalchalarida fakul`tativ-anaerob bakteriyalar assotsiatsiyasi ko‘rsatkichini antiseptik va ul`tratovushning davolash kompleksi samaradorligi isbotlangan;
ilk bor neytrofillar fagotsitozi va uning kapillyar qondagi yakunlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekstraradikulyar bioplyonkani neytrallanishi va ul`tratovush kompozisiyasining ta’siri sababli apikal periodontitda periapikal soha regeneratsiyasi dinamikasining ortishi asoslangan;
ilk bor apikal periodontit davosida antiseptik va ul`tratovush kompleksini qo‘llash al`veolyar suyak osteogenezini stimullanishi sababli suyak to‘qimasi rezorbsiya o‘chog‘ining tiklanishini yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tishlarning ildiz kanallari endodontik sanatsiyalarida antiseptik ishlov berishning klinik-patogenetik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
periapikal to‘qimalarni zararlanish dinamikasi ko‘rsatkichlarining ishonchli klinik samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Ildiz kanallar sanatsiyasi samaradorligini baholash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 fevraldagi 8n-r/164-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ul`tratovushdan foydalangan holda Dekasan antiseptigi bilan davolash taktikasiga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
an’anaviy ishlatiladigan ildiz kananllarini irrigantlarini solishtirma in vivo tahlilida antiseptik va ul`tratuvosh kompleksining samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Ildiz kanal tizimi oralig‘ida bioplenkaga antibakterial ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 fevraldagi 8n-r/163-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ul`tratovush bilan Dekasandan foydalanganda bemorlar holatini yaxshilash imkonini bergan;
Dekasan antiseptigi va ul`tratovush kompleksini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar «Samarqand shahar stomatologik poliklinikasi» davlat unitar tashkiloti, Toshkent shahar «4-stomatologik poliklinika» OAJ amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 maydagi 8n-d/225-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi Dekasanni va ul`tratovushli kompleksini ildiz kanalidagi yuza va chuqur dentindagi Enterococcus faecalis bioplyonkasiga yuqori antimikrob samarasini, suyak to‘qimasining rezorbsiya o‘chog‘ini 3,50 martaga tiklanilishini va “ijobiy davo” samaradorligini 20,34% ortishiga imkon yaratgan.