Maksudova Dilnozaxon Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet IIturida kognitiv faoliyat xolati:diagnostikasi va dori vositalari bilan davolashni optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib275.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirdjuraev El`bek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qandli diabetning II turida kognitiv buzilishlar va klinik-nevrologik uzgarishlar paralellarini aniklash, erta tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabetning ikkinchi turining surunkali miya ishemiyasi, qon tomir genezi neyrogenerativ jarayonlari mustaqil ravishda uglevod almashinuvi buzilishi bilan birga rivojlanayotgan kognitiv buzilishlarga bog‘liqligi asoslangan;
kognitiv buzilishlar qandli diabetning ikkinchi turida bosh miyaning surunkali tomir shikastlanishining juda erta belgilarida namoyon bo‘lishi, kasallik uzoq vaqt davom etgan bemorlarda kognitiv buzilishlarning yuqori darajasi isbotlangan;
bosh miya oq moddasining ifodalangan diffuz metabalik buzilishlar, tomir omillari va qandli diabetning ikkinchi turi davomiyligi bilan periventrikulyar leykoareoz orasida korrelyasion bogliklik aniqlangan;
qandli diabetning ikkinchi turida kognitiv buzilish kuzatilgan bemorlarning qand tushiruvchi asosli terapiyasiga kiritilgan neyroprotektor va xolinesteraza ingibitorlarining qo‘llanishi bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qandli diabetning ikkinchi turida kognitiv faoliyat holatini tashxislash va dori vositalari bilan davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qandli diabet 2 turidakognitiv buzilishlarni erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qandli diabet 2 turidakognitiv buzilishlarni erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-z/396-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma 2 tip qandli diabetda va boshqa patologiyalarda bemorlarning kognitiv funksiyalarini baholashga qaratilgan chora tadbirlarni, tashxislash taktikasini yaxshilash, kognitiv disfunksiyalarni uchrash darajasini kamaytirish va og‘ir demensiya rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan;
ikkinchi tip qandli diabetda kognitiv buzilishlari bo‘lgan bemorlarda davolash va tashhislash sifatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Respublika shoshilinch tibbiyot markazining nevrologik bo‘limi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8-9/5047-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy qandli diabet 2-turi bilan murojaat qilgan bemorni kognitiv faoliyat buzilishlarini erta tashxislash, davolash usullarini va xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.