Mamatxanova Nargiza Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1759.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdiyevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Narzikulova Dilnoza Xashimjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash tuzilmasi bilim, ko‘nikma, malaka, kasbiy-faoliyat usullari bilan bevosita aloqador didaktik va real shaxslararo, kasbiy munosabatlar muhitiga talabalarni samarali hamkorlikdagi faoliyatga faol jalb etishga qaratilgan ijtimoiy-kasbiy jihatlarning ustuvorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashga doir psixologik-pedagogik fanlarning mantiqiy, semantik, gnoseologik imkoniyatlari kasbiy faoliyatning ijtimoiy-madaniy, kasbiy-shaxsiy, kasbiy-faoliyatli komponentlarini bosqichma-bosqich intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan modulli ta’lim texnologiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashni pedagogik modelining tashkiliy komponenti adaptiv-tanishuv, izlanishli, amaliy yo‘naltirilgan, umumlashtiruvchi tayyorgarlik bosqichlarining dunyoqarashga doir, mazmunli, jarayonli mezonlarning ijtimoiy-madaniy, kasbiy, individual-shaxsiy darajalar bilan identivligini fanlararo integratsiyaga muvofiqlashuvini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
pedagogika yo‘nalishi talabalarning ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning adaptiv-yo‘naltiruvchi, refleksiv, loyihaviy ta’lim texnologiyalari individual-guruhiy defferensial faoliyatni kooperativ ko‘rinishda tashkil etish, mustaqil qarorlar qabul qilish jarayonlarining metodik ta’minotini ishlab chiqish, mashg‘ulotlarning jamoaviy hamkorlik asosida tashkil etish jarayonlarini intensiv loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash tuzilmasi bilim, ko‘nikma, malaka, kasbiy-faoliyat usullari bilan bevosita aloqador didaktik va real shaxslararo, kasbiy munosabatlar muhitiga talabalarni samarali hamkorlikdagi faoliyatga faol jalb etishga qaratilgan ijtimoiy-kasbiy jihatlarning ustuvorligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Odob kitobi” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/11-02/02-1900-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarning ijtimoiy tarbiyalashga tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashga doir psixologik-pedagogik fanlarning mantiqiy, semantik, gnoseologik imkoniyatlari kasbiy faoliyatning ijtimoiy-madaniy, kasbiy-shaxsiy, kasbiy-faoliyatli komponentlarini bosqichma-bosqich intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan modulli ta’lim texnologiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashni pedagogik modelining tashkiliy komponenti adaptiv-tanishuv, izlanishli, amaliy yo‘naltirilgan, umumlashtiruvchi tayyorgarlik bosqichlarining dunyoqarashga doir, mazmunli, jarayonli mezonlarning ijtimoiy-madaniy, kasbiy, individual-shaxsiy darajalar bilan identivligini fanlararo integratsiyaga muvofiqlashuvini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirligi hamda USAID tashkiloti hamkorligidagi “Barkamollik uchun” ta’lim loyihasining o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik faoliyatini tashkil etishga maqsadli tayyorlash qismini bajarishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/11-02/02-1900-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
pedagogika yo‘nalishi talabalarning ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning adaptiv-yo‘naltiruvchi, refleksiv, loyihaviy ta’lim texnologiyalari individual-guruhiy defferensial faoliyatni kooperativ ko‘rinishda tashkil etish, mustaqil qarorlar qabul qilish jarayonlarining metodik ta’minotini ishlab chiqish, mashg‘ulotlarning jamoaviy hamkorlik asosida tashkil etish jarayonlarini intensiv loyihalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirligi hamda USAID tashkiloti hamkorligidagi “Barkamollik uchun” ta’lim loyihasining o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyalari qismini bajarishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/11-02/02-1900-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.