Ernazarov Nuriddin Elamonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksizosti tovarlarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2226.
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boymurotov Sodiq Rozziqovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksizοsti tοvarlarni sοliqqa tοrtish amaliyotini takοmillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan ibοrat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bοjxοna-tarif tadbirlari samaradοrligini va intensivlikni οshirish maqsadida aksizοsti mahsulοtlar ro‘yxatini maqbullashtirish lοzimligi asοslab berilgan;
glοballashuvning salbiy οqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan aksizοsti tοvarlar ro‘yxatini unifikatsiyalash οrqali impοrt o‘rnini bοsish davlat siyosati tadbirlaridan ko‘rilajak 20 fοizli fiskal pasayishni qοplashning kοmpensatsiοn mexanizmi taklif etilgan;
sοliq ma’muriyatchiligining samarali vοsitasi sifatida sοliq οrganlari va aksiz sοlig‘i amaliyoti kοntragentlari o‘zarο hamkοrligining funksiοnal mοdeli ishlab chiqilgan;
ahοli salοmatligini muhοfaza qilish bilan bοg‘liq xarajatlarni davlat budjetidan qοplash uchun impοrt qilinadigan tamaki mahsulοtlariga nisbatan qo‘llaniladigan aksiz sοlig‘i stavkasiga 1,25 οshiruvchi kοeffisiyentni qo‘llash lοzimligi asοslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksizosti tovarlarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mamlakatimizda import o‘rnini bosuvchi milliy ishlab chiqaruvchilarning global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga ulanishini ta’minlovchi hamda davlat xaridlari uchun importni cheklashga oid, aksizosti mahsulotlar ro‘yxatini maqbullashtirishga qaratilgan yangi intensiv siyosatining o‘ziga xos jihatlari hamda unga o‘tishning asoslangan mexanizmlari, shuningdek, bojxona-tarif siyosatining samarali tadbirlari”ga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi PQ-4069-sonli “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 apreldagi 06/04-32/1358-son ma’lumotnomasi). Hujjatning qabul qilinishi natijasida 2019-2021 yillarda import mahsulotlariga nisbatan o‘rnatilgan o‘rta arifmetik bojxona stavkalari 14,5 foizdan 6,4 foizga tushgan. Bu esa raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish, respublikada raqobat muhitini rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bojxona-tarif siyosatini yanada samarali boshqarish imkoniyatini yaratgan;
“xalqaro kelishuv va bitimlarda ko‘zda tutilgan aksizosti tovarlar ro‘yxatini unifikatsiyalash tartiblarini inobatga oluvchi, import o‘rnini bosish davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keluvchi valyuta rezervlarining tejalishi va shu bilan bir vaqtda importga qo‘yiladigan aksizlarning ham kamayishiga olib kelishi, respublika eksport mahsulotlari narxining pasayishi oqibatlari bilan bog‘liq risklarni yuzaga keltiruvchi globallashuvning salbiy omillari oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan import o‘rnini bosish davlat siyosati tadbirlarining kompensatsion mexanizmi”ga oid taklifning inobatga olinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi bilan MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida erkin savdo zonasini qo‘llash to‘g‘risidagi bayonnomaga (31.05.2013 yildagi) muvofiq 2020 yil 31 dekabrda O‘zbekiston tomonidan mahalliy ishlab chiqariladigan va olib kelinadigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalarini unifikatsiyalash uchun qabul qilingan o‘tish davrining muddati tugaganligi munosabati bilan GATT III moddasiga muvofiq “Ahdlashuvchi Taraflar ichki soliqlar va boshqa ichki yig‘imlar, ichki sotuvlarga taalluqli, qonunlar, qoidalar va talablar, tovarlarni sotish, xarid qilish, tashish, taqsimlash yoki ulardan foydalanish haqidagi takliflar hamda muayyan miqdorda yoki ulushlarda tovarlarni aralashtirish, qayta ishlash yoki foydalanishni talab etadigan miqdoriy tartibga solishga oid ichki qoidalar import qilingan yoki mahalliy tovarlarga mahalliy ishlab chiqarish uchun himoyani yaratish maqsadida qo‘llanilmasligi lozim deb e’tirof etilgani inobatga olinib” (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 apreldagi 06/04-32/1358-son ma’lumotnomasi) O‘zbekiston o‘z majburiyatlarini bajarish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan 73 ta tovar pozisiyasi, shu jumladan elektr texnikasi (muzlatgichlar, kondisionerlar, kir yuvish mashinalari), oziq-ovqat mahsulotlari (margarin, qandolatchilik va boshqa mahsulotlar), gilam mahsulotlari va boshqalar bo‘yicha import qilish chog‘ida olinadigan aksiz solig‘ini bekor qilingan;
“aksizosti tovarlarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish maqsadida aksiz solig‘i zamonaviy ma’muriyatchiligi samarali vosita va usullarining to‘liq amal qilishiga imkoniyat yaratuvchi soliq organlari va aksizosti tovarlarni soliqqa tortish amaliyoti kontragentlarining funksiyalari va ular bilan o‘zaro hamkorlikning funksional modeli”ga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 noyabrdagi 736-sonli “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 apreldagi 06/04-32/1358-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi va amalga oshirilishi aksiz solig‘i ma’muriyatchiligi faoliyati risklarining mualliflik tasnifi asosida samarali boshqarilishi yordamida ularning barqaror rivojlanishini ta’minladi va ushbu tadbirlar 2021 yilda aksiz solig‘idan tushumlarning rejalashtirilganidan 12,9 foizga o‘sishini va aksiz solig‘i bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzdorlik miqdorini 16,4 foizga kamayishini ta’minlagan;
“aholini tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish zararli oqibatlaridan himoya qilish va ular bilan noqonuniy savdo qilish hollarini bartaraf etish maqsadida mamlakatimizga import qilinadigan tamaki mahsulotlariga “import” aksizlari stavkalarini oshirishga qaratilgan taklif” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6.04.2020 yildagi “Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4665-sonli qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 apreldagi 06/04-32/1358-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2021yilda “import” qilinuvchi tamaki mahsulotlari iste’moli (xaridi) 15,9 foizga kamaygan va 2020 yil 1 iyundan 2022 yil 1 yanvarga qadar budjetga bu turdagi import tamaki mahsulotlari realizatsiyasidan 12,9 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha aksiz solig‘i kelib tushishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish