Mirkasimov Jaxongir Mirmuxsimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Logistik korxonalarda buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1813.
Ilmiy rahbar: Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi logistik korxonalarda buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy faoliyati logistik xizmat ko‘rsatish bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xarajatlar hisobini korxonaning umumiy xarajatlarini uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar guruhlariga ajratgan holda yuritish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
logistik korxonalarda debitorlik qarzlarini hisobga oluvchi schyotlarni debitorlik qarzlari va da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar guruhiga ajratgan holda yuritish orqali mahsulotni etkazib berishda debitorlik qarzining paydo bo‘lishi va xizmat ko‘rsatilgandan keyin korxonaga qaytarishga ko‘ra debitorlik qarzlarini aniq yuritish imkoniyati yaratilgan;
bir necha mamlakatlardan yoqilg‘i-moylash materiallari xarid qiluvchi logistik korxonalarda 1031 – “Korxona omboridagi yoqilg‘i-moylash materiallari” hamda 1032 – “Korxonadan tashqaridan xarid qilingan yoqilg‘i-moylash materiallari” schyotlarini qo‘llash asosida yoqilg‘i-moylash materiallari buxgalteriya hisobining to‘liq va aniq yuritilishini ta’minlash asoslangan;
logistik korxonalarda xususiy kapitalning joriy yildagi rentabelligini hisoblashda o‘tgan yillarda ko‘rilgan zararni inobatga olmaslik orqali korxonaning joriy davrdagi xususiy kapitalidan foydalanishning real darajasini aniqlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Logistik korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish va iqtisodiy tahlilni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
asosiy faoliyati logistik xizmat ko‘rsatish bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xarajatlar hisobini korxonaning umumiy xarajatlarini uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar guruhlariga ajratgan holda yuritish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tarmoq korxonalari hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 2/4236-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoq korxonalarida qilingan xarajatlarni aniq yirik guruhlarga ajratgan holda yuritish, korxonaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni tahlil qilish orqali xarajatlardan samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
logistik korxonalarda debitorlik qarzlarini hisobga oluvchi schyotlarni debitorlik qarzlari va da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar guruhiga ajratgan holda yuritish orqali mahsulotni etkazib berishda debitorlik qarzining paydo bo‘lishi va xizmat ko‘rsatilgandan keyin korxonaga qaytarishga ko‘ra debitorlik qarzlarini aniq yuritish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tarmoq korxonalari hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 2/4236-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoq korxonalari tomonidan logistik xizmatini ko‘rsatishda mahsulotni etkazib berishda debitorlik qarzining paydo bo‘lishi va xizmat ko‘rsatilgandan keyin korxonaga qaytish hamda debitorlik qarzining tan olinishi yoki axborot texnologiyalridan foydalangan holda debitorlik qarzlarini aniq yuritish imkoniyati yaratilgan;
bir necha mamlakatlardan yoqilg‘i-moylash materiallari xarid qiluvchi logistik korxonalarda 1031 – “Korxona omboridagi yoqilg‘i-moylash materiallari” hamda 1032 – “Korxonadan tashqaridan xarid qilingan yoqilg‘i-moylash materiallari” schyotlarini qo‘llash asosida yoqilg‘i-moylash materiallari buxgalteriya hisobining to‘liq va aniq yuritilishini ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tarmoq korxonalari hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 2/4236-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimiz va xorijdan yoqilg‘i-moylash materiallari xarid qilinishi va uning buxgalteriya hisobida aks ettirilishiga oid muammolarni bartaraf etib, ular hisobining to‘liq va aniq yuritilishini ta’minlash imkonini bergan;
logistik korxonalarda xususiy kapitalning joriy yildagi rentabelligini hisoblashda o‘tgan yillarda ko‘rilgan zararni inobatga olmaslik orqali korxonaning joriy davrdagi xususiy kapitalidan foydalanishning real darajasini aniqlash taklifi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tarmoq korxonalari hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 2/4236-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oldingi yillardagi zararlar xususiy kapital rentabelligini aniqlashda hisobga olinmasligi korxonaning joriy davrdagi xususiy kapitalidan foydalanishning real darajasini ko‘rsatish imkonini yaratgan.