Maxmudova Durdona Mirkarimovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ertaklar vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kitobxonlikka tayyorlash”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3797.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
 Ilmiy rahbar: Qodirova Fotima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Dostnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Djanpeisova Gavxar Erkinovna, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiq rivojlanish markazlarida maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ertaklar vositasida kitobxonlikka tayyorlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kitobxonlikka tayyorlash jarayoni “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida rivojlanish markazlarini integratsiyalashtirish hamda mavzuli rejaga sehrli-fantastik, maishiy-hayotiy, she’riy ertaklarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ertaklar vositasida kitobxonlikka tayyorlashning modeli, yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ko‘rgazmalilik va innovatsion yondashuvlar asosida ularni kitob o‘qishga qiziqtirish, harflar bilan tanishtirish, unli va undosh harflarni farqlash, harflarni o‘zaro birlashtirib, so‘z, ibora, so‘z birikmalarini hosil qilish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish, 2-3 ta kichik iboralarni qo‘shib mutolaaga o‘rgatishning interfaol metodlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
ertaklar vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kitobxonlikka tayyorlash metodikasi “Aqlvoyning sandig‘i” didaktik to‘plamini yaratish hamda “Sehrli harflar mamlakati”, “Mnemo jadvali”, “Zanjir” “T-chizmasi” “O‘zim ertak aytaman”, “Harflar zanjiri” kabi interfaol metodlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kitobxonlikka tayyorlash bo‘yicha animatsiyon, 3-D ko‘rgazmali vositasi, mul’timediya, audioertaklar, videoertaklardan tashkil topgan “Aqlvoyning ertaklari” elektron ta’lim resurslari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kitobxonlikka tayyorlashda rivojlanish markazlardagi jarayonlar integratsiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
 ertaklar vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kitobxonlikka tayyorlash «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida rivojlanish markazlarini integratsiyalashtirish orqali ishlab chiqilgan ta’limiy ertaklar «Til va nutq» rivojlanish markazi faoliyatiga joriy etilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 01 martdagi 02-02/2-607-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligi oshirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ertaklar vositasida kitobxonlikka tayyorlashning mazmuni, bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining malakasini oshirish jarayonida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 01 mart 02-02/2-607-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni ertaklar vositasida tarbiyalash metodikasi takomillashtirilgan;
 maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ertaklar vositasida rivojlanish markazlarini integratsiyalash asosida kitobxonlikka tayyorlash metodikasini qo‘llash jarayoni belgilanib, sehrli-fantastik, ta’limiy, maishiy-hayotiy, tarbiyaviy, ijodiy va she’riy ertaklar vositasida tajriba-sinov Toshkent shahridagi, Mirobod tumani, 506-son, Toshkent viloyati Angren shahridagi 26-son, Samarqand shahridagi 27-son, 127-son, Sirdaryo viloyati Guliston shahri 9-son, 19-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 01 martdagi 02-02/2-607-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rivojlanish markazlarida integratsiyalashtirilgan ta’limiy jarayonlar maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ertaklar vositasida kitobxonlikka tayyorlashga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish