Baybosinova Seniya Sarsenbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyatini o‘rganish”, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/San102.
Ilmiy rahbar: Kuryazova Darmon Turaevna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, PhD.08/09.07.2020.San.118.01.
Rasmiy opponentlar: Almeev Albert, tarix fanlari doktori; Nishanova Kamola Solijanovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyati, uning moddiy-madaniy yodgorliklarni saqlashdagi roli, muzey kolleksiyasining shakllanishini hamda eksponatlarning tarixiy ahamiyatini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining rivojida 1929–1939 yillarda 1200 eksponat asosida tashkil etilib, dastlab arxeologiya bo‘limi faoliyat yuritganligi, 1940–1965 yillarda 11322 ta eksponat to‘planganligi, 1966–1988 yillarda 32788 eksponat shakllanib, 3 ta bo‘lim faoliyat yuritganligi, 1991–2021 yillarda 7 ta bo‘lim faoliyat yuritiganligi hamda ushbu yillarda qoraqalpoq mahalliy rassomlari tomonidan rangtasvir asarlari sotib olinishi natijasida eksponatlar soni keskin oshib, 81324 taga etganligi dalillangan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida olib borilgan 1956-1996 yillardagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspedisiyasining ilmiy izlanishlari natijasida to‘plangan 678 ta arxeologik, 192 ta fotosuratlar, 325 etnografik ashyolarning badiiy qiymati aniqlanib, muzey genofondini tashkil etganligi dalillangan; 
muzeyda Qoraqalpog‘iston o‘lkasi tarixi va etnogenezini ochib beruvchi kolleksiyalarining shakllanishiga 1960–1980 yillarda ilmiy xodimlari tomonidan olib borilgan ekspedisiyalar jarayonida 2083 etnografik, 876 zargarlik san’ati buyumlari, 38 yog‘och uymakorligi, 1129 fotosuratlar keltirilganligi, shulardan XIX – XX asrlarga tegishli bo‘lgan qoraqalpoq ayollarining milliy zargarlik san’ati buyumlari, “Xaykel”, “Shar tugma”, “Quyma bilak uzuk”, “Ikki qator toshli bilakuzuk”, ayollar milliy liboslari, “Qizil kiymeshek”, “Aq jegde”, “Qizil jegde”, erkaklar milliy libosi, “sen sen tun”, “moreli chapan”, “Baykemi etik” va rassomlar Q.Saypov, Q.Berdimuratov, F.Madgazin ijodiga mansub rangtasvir asarlarida qoraqalpoq milliy etnorgafiyasi, urf odatlari aks ettirilgan dalillangan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasi tarixiy-tadrijiy jihatdan 1929-1940 yillarda dastlabki kolleksiyalarning shakllanishi, to‘plamlarni saqlash, o‘rganish va ilmiy tavsiflash usullarini ishlab chiqish, 1950-1960 yillarda muzey faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini sotsialistik qurilish yo‘lida targ‘ibotni mafkuralash va kuchaytirish ishlarini amalga oshirish, 1970-1990 yillarda muzeyni jadal rivojlantirish, ilmiy tadqiqot faoliyati va muzeylararo aloqalarni tiklash, 1990-2000 yillarda muzeylarni bozor iqtisodiyotiga kiritish, o‘z-o‘zini moliyalashtirish va muzey tadbirlarini amalga oshirish zarurati, 2000 – yillardan so‘ng esa, tarixiy va madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ommalashtirish, multimediya texnologiyalarini rivojlantirish va muzey faoliyatini raqamlashtirish ishlari ustuvor ahamiyat kasb etganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyning faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib borish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
muzeyda Qoraqalpog‘iston o‘lkasi tarixi va etnogenezini ochib beruvchi kolleksiyalarining shakllanishiga 1960–1980 yillarda ilmiy xodimlari tomonidan olib borilgan ekspedisiyalar jarayonida 2083 etnografik, 876 zargarlik san’ati buyumlari, 38 yog‘och uymakorligi, 1129 fotosuratlar keltirilgan. shulardan XIX – XX asrlarga tegishli bo‘lgan qoraqalpoq ayollarining milliy zargarlik san’ati buyumlari; “Xaykel”, “Shar tugma”, “Quyma bilak uzuk”, “Ikki qator toshli bilakuzuk”, ayollar milliy liboslari; “Qizil kiymeshek”, “Aq jegde”, “Qizil jegde”, erkaklar milliy libosi; “sen sen tun”, “moreli chapan”, “Baykemi etik” va rassomlar Q.Saypov, Q.Berdimuratov, F.Madgazin ijodiga mansub rangtasvir asarlarida qoraqalpoq milliy etnorgafiyasi, urf odatlari aks ettirilgan san’at namunalarining ahamiyati va komplektlash tamoyillari dalillangan takliflardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17 fevraldagi 11-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar muzey ekspozisiyasini takomillashtirish va mazmun mohiyatini ilmiy boyitishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida olib borilgan 1956-1996 yillardagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspedisiyasining ilmiy izlanishlari natijasida to‘plangan olamshumul ahamiyatga ega 678 ta arxeologik, 192 ta fotosuratlar, 325 etnografik ashyolar klassifikatsiyasi, badiiy qiymati aniqlanib, muzey genofondini tashkil etganligi dalillangan takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 24 fevraldagi 06-28-462-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tarixiy-madaniy yodgorliklar tarixini o‘rganish va yosh avlodni madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga yordam bergan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasi tarixiy-tadrijiy jihatdan 1929-1940 yillarda dastlabki kolleksiyalarning shakllanishi, to‘plamlarni saqlash, o‘rganish va ilmiy tavsiflash usullarini ishlab chiqish, 1950-1960 yillarda muzey faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini sotsialistik qurilish yo‘lida targ‘ibotni mafkuralash va kuchaytirish ishlarini amalga oshirish, 1970-1990 yillarda muzeyni jadal rivojlantirish, ilmiy tadqiqot faoliyati va muzeylararo aloqalarni tiklash, 1990-2000 yillarda muzeylarni bozor iqtisodiyotiga kiritish, o‘z-o‘zini moliyalashtirish va muzey tadbirlarini amalga oshirish zarurati, 2000 – yillardan so‘ng esa, tarixiy va madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ommalashtirish, multimediya texnologiyalarini rivojlantirish va muzey faoliyatini raqamlashtirish ishlari ustuvor ahamiyat kasb etganligi faktologik materiallar asosida aniqlangan takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport ishlari bosh boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport ishlari bosh boshqarmasining 2022 yil 16 fevraldagi 02-12⁄04-454-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi mustaqillik yillarida turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng ma’lumotlar berish, shu bilan birga, ekspozisiya orqali yoshlarda tarixiy-madaniy yodgorliklarga bo‘lgan hurmat hissining kuchayishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish