Toshxonov Azizbek Tursunboyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1405.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isaqulova Nilufar Janiqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi ijodiy tafakkurning motivatsion, kognitiv va faoliyat komponentlarini didaktik mazmunning funksional- amaliy o‘quv faoliyati turlariga rivojlantiruvchi ta’limiy maqsadlarni prakseologik moslashtirish asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi samaradorligi ta’lim mazmuni va o‘qitish jarayonining mantiqiy tuzilmasini aniqlashning invariativ modeli hamda o‘qitish jarayoni uzluksizligi va uzviyligini ta’minlashga qaratilgan shakllar va mazmunini rivojlantiruvchi ta’lim maqsadlariga muvofiq belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi integrativ yondashuvning didaktik imkoniyatlari hamda regulyativ-kognitiv xususiyatlarning o‘quv-bilish jarayoni takrorlanuvchi komponentlariga ustuvorlik berish hamda dinamik va vektorli yo‘naltirish asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligini baholash mezonlari ta’limni tashkil etishning uzluksizlik tamoyili, integratsiyaning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish hamda fundamental bilimlarning rivojlantiruvchi maqsadlarini milliy qadriyatlar mazmuniga mos tanqidiy sintezlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi ijodiy tafakkurning motivatsion, kognitiv va faoliyat komponentlarini didaktik mazmunning funksional- amaliy o‘quv faoliyati turlariga rivojlantiruvchi ta’limiy maqsadlarni prakseologik moslashtirish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli "Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish" nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-07-2845/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy tayyorgarligi mazmuni va texnologiyasini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi samaradorligi ta’lim mazmuni va o‘qitish jarayonining mantiqiy tuzilmasini aniqlashning invariativ modeli hamda o‘qitish jarayoni uzluksizligi va uzviyligini ta’minlashga qaratilgan shakllar va mazmunini rivojlantiruvchi ta’lim maqsadlariga muvofiq belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan OT-F1-118 raqamli "Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadbiq etish" nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-07-2845/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi o‘quv jarayonini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi integrativ yondashuvning didaktik imkoniyatlari hamda regulyativ-kognitiv xususiyatlarning o‘quv-bilish jarayoni takrorlanuvchi komponentlariga ustuvorlik berish hamda dinamik va vektorli yo‘naltirish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli "Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish" nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-07-2845/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mantiqiy madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligini baholash mezonlari ta’limni tashkil etishning uzluksizlik tamoyili, integratsiyaning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish hamda fundamental bilimlarning rivojlantiruvchi maqsadlarini milliy qadriyatlar mazmuniga mos tanqidiy sintezlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan OT-F1-118 raqamli "Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadbiq etish" nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-07-2845/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.