Terexova Olga Evgenevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim sharoitida talabalarni bolalarda nutq ijodkorligini rivojlantirishga tayyorlashni takomillashtirish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3456.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Atadjanov Jamshidbek Mashrabjanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarni raqamli ta’lim sharoitida bolalarning nutqiy ijodini rivojlantirishga tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy ijodini rivojlantirishga tayyorlash strategiyasi nutq o‘stirish mazmuni intensivligini ta’minlash, ijodkorlik qobiliyatlarini proektiv aniqlash hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirish imkoniyatlarini yosh va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra tahliliy qiyoslash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarni bolalarda nutq ijodkorligini rivojlantirishga tayyorlash jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan nutqiy ijod, ichki va tashqi pedagogik shart-sharoitlar, bolalarning kommunikativ va predmetli-faoliyatli qobiliyatlarini namoyon qilishiga qaratilgan emotsional-psixologik qulay pedagogik muhitni bosqichma-bosqich maqsadli yaratish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy ijodini rivojlantirishga tayyorlash samaradorligi ijodiy faollikka yo‘naltiruvchi, o‘z-o‘zini namoyon etish funksiyalarni rivojlantirish jarayonlariga intensiv ustuvorlik berish hamda ijodiy qobiliyatlarni adekvat aniqlash, tashxislash natijalarini sifat jihatidan baholash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy ijodini rivojlantirishga tayyorlashni baholash mezonlari nutq ontogenezi, nutqiy rivojlanish qonuniyatlari. abstrakt fikrlash jarayonlarini faollashtiruvchi ijodiy-izlanishli usullarni bilimlarni o‘zlashtirish darajasiga moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim sharoitida bolalarda nutq ijodkorligini rivojlantirishda o‘quvchilarning takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy ijodini rivojlantirishga tayyorlash strategiyasi nutq o‘stirish mazmuni intensivligini ta’minlash, ijodkorlik qobiliyatlarini proektiv aniqlash hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirish imkoniyatlarini yosh va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra tahliliy qiyoslash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-178 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bolalar nutqiy ijodini rivojlantirish muammosi bo‘yicha psixologik-pedagogik, falsafiy-lingvistik adabiyotlarni tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.
talabalarni bolalarda nutq ijodkorligini rivojlantirishga tayyorlash jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan nutqiy ijod, ichki va tashqi pedagogik shart-sharoitlar, bolalarning kommunikativ va predmetli-faoliyatli qobiliyatlarini namoyon qilishiga qaratilgan emotsional-psixologik qulay pedagogik muhitni bosqichma-bosqich maqsadli yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 dekabrdagi 02-07-4270/04 raqamli dalolatnomasi), Natijada raqamli ta’lim sharoitida bolalar nutqiy ijodkorligi rivojlanib borishini kuzatishga sharoit yaratilgan;
talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy ijodini rivojlantirishga tayyorlash samaradorligi ijodiy faollikka yo‘naltiruvchi, o‘z-o‘zini namoyon etish funksiyalarni rivojlantirish jarayonlariga intensiv ustuvorlik berish hamda ijodiy qobiliyatlarni adekvat aniqlash, tashxislash natijalarini sifat jihatidan baholash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-178 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishni ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash va asoslash imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy ijodini rivojlantirishga tayyorlashni baholash mezonlari nutq ontogenezi, nutqiy rivojlanish qonuniyatlari. abstrakt fikrlash jarayonlarini faollashtiruvchi ijodiy-izlanishli usullarni bilimlarni o‘zlashtirish darajasiga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 dekabrdagi 02-07-4270/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada raqamli ta’lim sharoitida bolalar nutqi ijodini rivojlantirish metodikasining samaradorligini ilmiy jihatdan asoslashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish