Kuziev Mirzoxid Sadulloevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ratsionida ammoniylashgan ozuqalardan foydalanilgan echkilarning ovqat hazmi jarayonlari va mahsuldorligi», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B87.

Ilmiy rahbar: Rajamuradov Zaynitdin Turapovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.

Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Ergashev Nurali A’zamovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ammoniylashtirish uchun dag‘al ozuqa turini tanlash va tanlangan ozuqani ammoniylashtirishning echkilar hazm jarayonlariga va mahsuldorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekiston sharoitida qish mavsumida echkilarni konsentrat ozuqalarsiz, faqat ammiakli suv bilan ishlov berilib ammoniylashtirilgan bug‘doy somonidan iborat ozuqa ratsioni bilan oziqlantirish natijasida iste’mol qilingan quruq moddalar miqdori, katta qorindagi hazm jarayonlarining kechishi va boshqa klinik, biokimyoviy ko‘rsatkichlarini oshirishi aniqlangan;

ilk bor dag‘al ozuqalarni ammoniylashtirishning, bug‘doy somonni kimyoviy tarkibiga, biologik qiymatiga, echkilar tomonidan iste’mol qilinishiga, hazmlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;

ammoniylashtirilgan bug‘doy somoni tarkibidagi kletchatka va uni hosil qiluvchi fraksiyalar ulushining kamayishi, xom protein va AEM (azotsiz ekstraktiv moddalar) miqdorining esa ortishi aniqlangan;

ammoniylashtirilgan bug‘doy somoni bilan echkilarni oziqlantirish katta qorinda kechadigan jarayonlarni mo‘tadillashtirishi natijasida katta qorin harakati va unda hosil bo‘ladigan UYoK (uchuvchi yog‘ kislotalari) miqdori, bakteriyalar va mikrobial oqsillar hosil bo‘lishi hamda o‘zlashtirilgan azot miqdorining ortishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ratsionida ammoniylashgan ozuqalardan foydalanilgan echkilarning ovqat hazmi jarayonlari va mahsuldorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

kuzgi bug‘doy somonini 25%li ammiakli suv bilan ammoniylashtirish texnologiyasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on, Payariq va Nurobod tumanlarining chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 fevraldagi 02/12-125-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doy somoni tarkibidagi xom protein miqdorini ikki barobar, azotsiz ekstraktiv moddalar miqdorini 2,1% ga oshirish va xom kletchatka miqdorini 8,2% ga kamaytirish imkonini bergan;

ammoniylashtirish texnologiyasi asosida ishlov berilgan dag‘al ozuqa bilan chorva mollarini oziqlantirish usuli fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 fevraldagi 02/12-125-son ma’lumotnomasi). Natijada echkilar mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini 3,2 barobarga oshirish imkonini bergan;

dag‘al ozuqalar tarkibidagi kletchatka fraksiyalari miqdori, ularning hazm jarayonlariga ta’siri va kuzgi bug‘doy somonini ammoniylashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan QXA-8014-2015 raqamli “Tabiiy serpusht qorako‘l qo‘ylar genofondini saqlash va ularni urchitishning seleksion-texnologik tizimini ishlab chiqish” ilmiy loyihasida qorako‘l qo‘ylarini ozuqa ratsionlarini shakllantirishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 22 dekabrdagi FTA-02-11/1346-con ma’lumotnomasi). Natijada turli fiziologik guruhlarga mansub qorako‘l qo‘ylarini qish mavsumida detallashtirilgan ozuqa ratsioni bilan oziqlantirish va xo‘jalikdagi mavjud dag‘al ozuqalarning to‘yimlik qiymatlarini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish