Nazarov Otabek Mamadalievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shober oqchangalining yangi alkaloidlari», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/K81.

Ilmiy rahbar: Ibragimov Alidjan Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.

Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Isaev Yusup Tojimamatovich, kimyo fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: N.schoberi L. o‘simligi alkaloidlarini kimyoviy tadqiq etish, tarkibidan alkaloidlarni ajratish, yangi alkaloidlarning tuzilishini isbotlash, kimyoviy taqqoslash reaksiyalari va sintezini amalga oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

N.schoberi L. o‘simligidan jami 22 ta alkaloid sof holda ajratib olingan;

ilk bor N.schoberi L. o‘simligidan 4 ta yangi (komavin, atsetilkomavin, N-metilnitrarin va N-allilizonitrarin) alkaloidlar ajratib olingan hamda ularning tuzilishi isbotlangan;

N.schoberi L. o‘simligidan olingan 18 ta alkaloid  identifikatsiya  qilingan (ajratilgan alkaloidlarning 10 tasi indol, 3 tasi spiropiperidin,  2 tasi xinolizidin va 3 tasi  xinazolin alkaloid guruhiga mansub);

komavin, atsetilkomavin, N-metilnitrarin va N-allilizonitrarin alkaloidlari sintez qilingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

N.schoberi L. o‘simligini alkaloidlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

o‘simlikdan ajratib olingan 10 ta alkaloid AQShning  «Springer» nashriyotida chop etilgan «Natural Compounds Alkaloids» (2013) to‘plami ro‘yxatiga kiritilgan (www.springer.com). Natijada o‘simliklardan  yangi alkaloidlar ajratib olish va solishtirish asosida o‘xshash alkaloidlar sintez qilish imkonini bergan; 

komavin, atsetilkomavin va boshqa Oqchangal alkaloidlarning  kimyoviy tuzilishiga  oid ma’lumotlardan «Bioorganik kimyo» o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Ta’lim markazi Kengashining 2016 yil 31 martdagi 4-son qarori). Natijada alkaloidlarniig tasnifi, tuzilishi hamda xossalarini kengroq tushuntirish imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish