Axatjonov Sunatilla Sobirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotini demokratlashtirishda vakillik organlarining roli», 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ss193.
Ilmiy rahbar: Pahrutdinov Shukritdin Ilyasovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Yakubov Bahtiyor Sultonnazirovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotini demokratlashtirishda vakillik organlari faoliyatini tadqiq etish, ularning bu boradagi rolini oshirish va rivojlantirish yuzasidan ilmiy xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy Kengashlarnig faoliyat samaradorligini yanada oshirish maqsadida amaldagi qonun xujjatlariga “mahalliy Kengash deputatining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish tartibi” hamda “Kengash rahbariyatiga nomzodlar tarkibi umumiy deputatlarning 10 foizidan ortiq bo‘lmasligi” normasini kiritish O‘zbekistonda vakillik demokratiyasi rivojiga xizmat qilishi asoslangan;
O‘zbekistonda parlament tizimini takomillashtirish va qonunlar legitimligini oshirish borasida hududlarning strategik maqsadlarini shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xolatlarini inobatga olgan holda mahalliy Kengashlarga qonun ijodkorligi tashabbusini berish hamda Toshkent shahar Kengashida o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatgan rahbar kadrlarni lavozimga tasdiqlashda mahalliy Kengash tavsiyasining inobatga olinishi prinsipini amaliyotga tadbiq etish samarali ekanligi asoslangan;
deputatning o‘zi saylangan siyosiy partiya oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida, partiya tomonidan okrug saylovchilarining fikrini inobatga olgan holda, o‘z deputatini chaqirib olish hamda uning o‘rniga yangi nomzod ko‘rsatish amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiq ekanligi ilmiy asoslab berilgan;
parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlarda proporsional saylov tizimini (partiya dasturi va elektorat manfaatlaridan kelib chiqib partiyaga nisbatan ovoz berish) joriy etish siyosiy partiyalarning vakolatlarini, ta’sir kuchini va faoliyat samaradorligini ortishiga, shuningdek qayta saylovlar uchun byudjetdan ajratilayotgan mablag‘larning iqtisod qilinishiga olib kelishi kompleks tahlil asosida isbotlangangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotini demokratlashtirishda vakillik organlarining roliga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishining natijalari yuzasidan quyidagi tasdiqlovchi xujjatlar taqdim etilgan:
mahalliy Kengashlarnig faoliyat samaradorligini yanada oshirish maqsadida amaldagi qonun xujjatlariga “mahalliy Kengash deputatining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish tartibi” hamda “Kengash rahbariyatiga nomzodlar tarkibi umumiy deputatlarning 10 foizidan ortiq bo‘lmasligi” normasini kiritish O‘zbekistonda vakillik demokratiyasi rivojiga xizmat qilishi borasidagi amaliy taklif va xulosalaridan Oliy Majlis Senatining Mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 8-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari reglamenti to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari Kengashlari nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini takomillashtirishda foydalanilgan. (Oliy Majlis Senatining Mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining  2022-yil 21-oktyabrdagi 11-04/2732-sonli dalolatnomasi). Natijada, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari reglamenti to‘g‘risida”gi qonun loyihasida keltirilgan “mahalliy Kengash deputatining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish tartibi”ni kiritilishiga asos bo‘lgan;
O‘zbekistonda parlament tizimini takomillashtirish va qonunlar legitimligini oshirish borasida hududlarning strategik maqsadlarini shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xolatlarini inobatga olgan holda mahalliy Kengashlarga qonun ijodkorligi tashabbusini berish hamda Toshkent shahar Kengashida o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatgan rahbar kadrlarni lavozimga tasdiqlashda mahalliy Kengash tavsiyasining inobatga olinishi prinsipini amaliyotga tadbiq etish samarali ekanligi yuzasidan bildirilgan xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishda faydalangan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 12-oktyabrdagi №04/10-10-174-sonli dalolatnomasi). Natijada, mahalliy Kengashlarning funktsional faoliyatini takomillashtirishda va ularga qonun ijodkorligi tashabbusini berishda huquqiy vosita bo‘lib xizmat qilgan;  
 deputatning o‘zi saylangan siyosiy partiya oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida, partiya tomonidan okrug saylovchilarining fikrini inobatga olgan holda, o‘z deputatini chaqirib olish hamda uning o‘rniga yangi nomzod ko‘rsatish amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiq ekanligi ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Liberal demokratik partiyasi partiyaning elektorat manfaatlari yo‘lidagi amaliy faoliyatida foydalangan. (O‘zbekiston Respublikasi Liberal demokratik partiyasining 2023-yil 11-yanvardagi 01-27/08-sonli dalolatnomasi). Natijada, partiyadan saylangan deputatlar va partiya deputatlik guruhlarining o‘zaro hamkorlik faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yilishiga asos bo‘lgan;  
dissertatsiyaning parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlarda proporsional saylov tizimini (partiya dasturi va elektorat manfaatlaridan kelib chiqib partiyaga nisbatan ovoz berish) joriy etish siyosiy partiyalarning vakolatlarini, ta’sir kuchini va faoliyat samaradorligini ortishiga, shuningdek qayta saylovlar uchun byudjetdan ajratilayotgan mablag‘larning iqtisod qilinishiga olib kelishi kompleks tahlil asosida isbotlanganligi borasidagi ilmiy takliflaridan  O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturlarini ishlab chiqishda foydalangan. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023-yil 10-yanvardagi 6-19-sonli dalolatnomasi). Natijada, partiyaning qonunchilik organiga tashkiliy kadrlar siyosatini samarali amalga oshirishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish