Sten`kina Mariya Petrovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Issledovanie i razrabotka teplozashhitnoy odejdi s funksiey upravlyaemoy termoregulyasii (“Boshqariladigan termoregulyasiya funksiyali issiqlik saqlovchi kiyimni tadqiq qilish va ishlab chiqish”), 05.06.04 – Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 08 noyabrya 2017 g. № 1099-LS-O
Ilmiy rahbar: Cherunova Irina Viktorovna, texnika fanlari doktori, professor
Ilmiy maslaxatchi: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Rostov viloyati Shaxti shahridagi Don davlat texnika universitetining Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik instituti (filial)
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/29.10.2021.T.101.03.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiqlikdan himoya qiladigan kiyimlarni loyihalashning yangi usullari va jarayonlari asosida termoregulyasiya funksiyasi bilan kiyimlarning funksiyalarini kengaytirish va xususiyatlarining samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
"inson – kiyim - avtonom funksional kommunikatsiya vositalari – sovitish muhiti" tizimining yangi konsepsiyasi yaratilgan bo‘lib, uning asosida inson va uning xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan mobil elektron vositalari uchun issiqlik saqlovchi maxsus kiyim va termoregulyasiya qilinuvchi asosiy material, unga nisbatan issiqlik saqlovchi paket, isitish tizimini joylashtirish kanallari kabi konstruksiyalari shakllantirilgan;
issiqlik saqlovchi maxsus kiyim materiallari paketlarining termofizik xususiyatlari o‘zgarishini hisobga olgan holda odamning termal modeli ishlab chiqilgan va "Inson-termoregulyasiya qilinuvchi kiyim – sovutish muhiti" tizimi uchun issiqlik jarayonlarini inson organizmining termik reaksiyalarini lokalizatsiyasini, chiquvchi issiqlik oqimining o‘zgaruvchanlik darajasini va funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan shamol bosimi ta’siri kabi omillarni hisobga olgan holda raqamli modellashtirish amalga oshirilgan;
mobil aloqa elektron vositalari uchun (isitiladigan va isitilmaydigan) issiqlik saqlovchi g‘ilofni sirt haroratining sovutish muhitining haroratiga, shamol tezligiga, namlik darajasi kabi omillarga funksional bog‘liqligi aniqlangan;
turli hil materiallari uchun gibrid konturli qizitish materiallari (GKQM)ning termik qarshiligi tobeligining materialning qalinligi, ishqalanishga chidamliligi, deformatsiyalanishi kabi xosslalariga bog‘liq holda funksional modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshqariladigan termoregulyasiya funksiyasi bilan issiqlikdan himoya qiluvchi kiyimlarni loyihalash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshqariladigan termoregulyasiya funksiyali issiqlik saqlovchi maxsus kiyim va mobil elektron qurilmalari g‘ilofi tarkibiy qismlari va materiallar paketlarini loyihalash uslubi "Texnoform" TPP MChJ korxonasida joriy etildi (1105/1-sonli, 2021 yil 28-dekabrdagi rasmiy xati). Natijada, mazkur assortimentni ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish va mahsulot narxini import narhiga nisbatan 1,4 barobar arzonlashtirishga erishilgan;
boshqariladigan termoregulyasiyali issiqlik saqlovchi maxsus kostyumning yaratilgan konstruksiyalari, uning paket va qismlariga materiallarni butlash bo‘yicha tavsiyalar, past harorat rejimida ish sharoitlari uchun termoregulyasiya (kiyimlarni avtomatik isitish elementlari) tizimiga ega bo‘lgan maxsus kiyimlar "BVN injeniring" MChJ korxonasida joriy etildi (271-sonli 2021-yil 29-dekabrdagi rasmiy xati). Natijada kiyim komplektini ishlab chiqishda kiyim detallarini ratsional joylashmasini qo‘llanilishi va xomashyo sarf harajatlari kamayishi ishlab chiqarish samaradorligini 5%ga oshirish imkoni yaratilgan.