Nurmuxamedov Bobir Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1906.
Ilmiy rahbar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.9/31.08.2022.I.151.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Anvar Sultonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Maqsadli ipoteka omonati” mexanizmi asosida yangi kreditlash tizimini joriy etilishi orqali rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarni uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti ajratish taklifi ishlab chiqilgan;
tijorat banklarida ulushdor jismoniy shaxslarga uy-joy qurilishini moliyalashtirish uchun ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmini yo‘lga qo‘yilishi asosida qurilishning dastlabki bosqichida uy-joy sotib olish va uning narxining arzonlashishiga erishish taklifi ishlab chiqilgan;
yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun
ipoteka krediti ajratish, bunda kam daromadli aholiga subsidiya to‘lash tartibining amaliyotda qo‘llanilishi asosida qishloq joylarda bir hovlida yashayotgan bir nechta oilalarning uy-joy masalalarini hal etish taklifi asosalangan;
respublikada “Ijtimoiy ijara” tizimini joriy etilishi orqali og‘ir ijtimoiy sharoitga tushib qolgan xotin-qizlar, boshpanasiz va nogironligi bor shaxslarning uy-joy masalalarini hal etish taklifi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda kichik biznes faoliyatida investisiyalardan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda “maqsadli ipoteka omonati” mexanizmini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi PF-33 son “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka krediti orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 6-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 05/17-05-4/16-2235-son, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 noyabrdagi 02/08-32/1742-son va “Ipoteka-bank” ATIBning 2022 yil 11 oktyabrdagi 13-1/4217-1-son ma’lumotnomalari). Natijada “Maqsadli ipoteka omonati” tizimi orqali Ipoteka-bankda 2022 yil 1 oktyabr` holatiga 1 056 nafar fuqarolarning 63 360,0 mln so‘mlik badal mablag‘lari jamlanishi bo‘yicha shartnomalar tuzilgan;
tijorat banklariga o‘z resurslari hisobidan ulushdor-jismoniy shaxslarga uy-joy qurilishini moliyalashtirish uchun ipoteka kreditlari ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 18-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 05/17-05-4/16-2235-son, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 noyabrdagi 02/08-32/1742-son va “Ipoteka-bank” ATIBning 2022 yil 11 oktyabrdagi 13-1/4217-1-son ma’lumotnomalari). Natijada banklar orqali 2022 yilning 9 oyi davomida 2 120 ta jismoniy shaxslarga uy-joy qurilishi uchun 451,2 mlrd.so‘m ipoteka krediti ajratilgan;
jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 6-bandida o‘z aksini topgan (“Ipoteka-bank” ATIBning 2022 yil 11 oktyabrdagi 13-1/4217-1-son ma’lumotnomalari). Natijada yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun tijorat banklar orqali 2022 yilning 9 oyida 5 307 ta fuqaroga 1 172,7 mlrd.so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi;
og‘ir ijtimoiy sharoitdagi va o‘ta kam daromadli kishilarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ijtimoiy ijara tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonning 9-10-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 05/17-05-4/16-2235-son, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 noyabrdagi 02/08-32/1742-son va “Ipoteka-bank” ATIBning 2022 yil 11 oktyabrdagi 13-1/4217-1-son ma’lumotnomalari). Natijada 2022 yilda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilayotgan uy-joylarning pastki qavatlaridagi xonadonlar “Xalqparvar” komissiyalari tomonidan 4 124 ta kam daromadli oilalarga ijtimoiy ijara asosida ajratilgan.