Pardaev Sherzod Xolmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tovar-moddiy resurslar harakatini marketing tadqiqotlari asosida takomillashtirish», 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1252.
Ilmiy rahbar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Axunova Gulchehra Nazarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qorieva Yoqutxon Karimovna, iqtisod fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tovar-moddiy resurslar harakatini samarali tashkil qilish va boshqarish uchun maqsadli marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va tovar-moddiy resurslar harakatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati hududlarining logistik darajasi salohiyatini baholashda ma’lumotlarni teng oraliqlarda guruhlash orqali yuqori salohiyat (0,71 – 1,0), o‘rta salohiyat (0,41 – 0,7), past salohiyat (0 – 0,4) chegaralaridan foydalanish taklifi asoslangan;
tovar-moddiy resurslar harakatini optimallashtirish modeliga logistik xizmat ko‘rsatishning 3PL va 4PL provayderlik texnologiyalariga ko‘ra tovarlar oqimini saqlash, mijozlar buyurtmalariga asosan qadoqlash va tarqatishni oqilona tashkil qilish orqali korxonalarning logistik xarajatlarini 6-8 foizga kamaytirish asoslangan;
tovar-moddiy resurslar zaxirasi hajmini optimallashtirish natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik qiymatiga jalb qilingan qisqa muddatli investision resurslar ulushini hisobga olgan holda tegishli tuzatish kiritish orqali tovar-moddiy resurslarga bo‘lgan talabning yil davomida barqaror qondirilishi, ombor tizimidagi logistik jarayonlarni bir maromda amalga oshirish asoslangan;
Samarqand viloyatining tovar-moddiy resurslar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan savdo aylanmasining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tovar-moddiy resurslar harakatini marketing tadqiqotlari asosida takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
Samarqand viloyati hududlarining logistik darajasi salohiyatini baholashda ma’lumotlarni teng oraliqlarda guruhlash orqali yuqori salohiyat (0,71 – 1,0), o‘rta salohiyat (0,41 – 0,7), past salohiyat (0 – 0,4) chegaralaridan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish yo‘nalishi bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 31 avgustdagi 11/05-16-8937-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi hududlar kesimida tovar-moddiy resurslarni saqlash, omborlarga joylashtirish, mijozlar buyurtmalari bo‘yicha qadoqlash hamda logistik tamoyillar asosida taqsimlash va xizmat ko‘rsatishni yaxshilash imkonini bergan;
tovar-moddiy resurslar harakatini optimallashtirish modeliga logistik xizmat ko‘rsatishning 3PL va 4PL provayderlik texnologiyalariga ko‘ra tovarlar oqimini saqlash, mijozlar buyurtmalariga asosan qadoqlash va tarqatishni oqilona tashkil qilish orqali korxonalarning logistik xarajatlarini 6-8 foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish yo‘nalishi bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 31 avgustdagi 11/05-16-8937-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi mahsulotlarni tashish-saqlash va omborlarga joylashtirish xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlarda logistik xizmatlarni agregatsiyalash asosida boshqaruv xarajatlarini 2,7%ga tejash imkonini bergan;
tovar-moddiy resurslar zaxirasi hajmini optimallashtirish natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik qiymatiga jalb qilingan qisqa muddatli investision resurslar ulushini hisobga olgan holda tegishli tuzatish kiritish orqali tovar-moddiy resurslarga bo‘lgan talabning yil davomida barqaror qondirilishi, ombor tizimidagi logistik jarayonlarni bir maromda amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish yo‘nalishi bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 31 avgustdagi 11/05-16-8937-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi logistik xizmat ko‘rsatish tizimida tashqi muhitning o‘zgarishi tufayli yuzaga keladigan salbiy holatlar tizimning barqarorligini ta’minlab turish hamda logistik risklarning salbiy ta’sirini kamaytirish, buyurtmalarni bajarishda logistik risklarni hisobga olgan holda qarorlar qabul qilish kutilayotgan daromad miqdorini 6,7%gacha oshirish imkonini imkoni bergan;
Samarqand viloyatining tovar-moddiy resurslar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan savdo aylanmasining 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish yo‘nalishi bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 31 avgustdagi 11/05-16-8937-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi jalb qilinayotgan 1 tonna zaxira uchun tashish-saqlash xarajatlarining eng kam qiymatini 7548,8 so‘mga, investision resurslar miqdorini 11256,8 so‘mga kamaytirish, zaxiralarni shakllantirish bilan bog‘liq 9868,6 so‘m ortiqcha sarflarning oldini olish imkoniyati yaratilgan.