Meylieva Dilnoza Boboniyoz qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari marketingi tadqiqotlarini takomillashtirish», 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1173. 
Ilmiy rahbar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidasror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisod fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar oziq-ovqat mahsulotlari  bozorida marketing tadqiqotlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar oziq-ovqat mahsulotlari xususiyatlarini inobatga oluvchi marketing tadqiqotlarini amalga oshirish tamoyillarining tarkibi tabiiy ozuqa o‘rnini bosuvchanlik hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tamoyillarini  kiritish orqali takomillashtirilgan;
bolalar oziq-ovqat mahsulotlari marketing tadqiqotlari turlarini tasniflashtirishda xalqaro oziq-ovqat bo‘yicha tajriba shkalasidan foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining yuqori darajasi (DX ≤10)ni ta’minlash taklifi ishlab chiqilgan;
bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va xaridorlarning xatti-harakatini samarali tashkil etishda farzandlar yoshi bo‘yicha (0-1 yoshgacha; 1-3 yoshgacha; 3-5 yoshgacha; 5-7 yoshgacha) segmentlar kesimida oilalar talablariga moslashishning sotuv hajmiga ahamiyatli ta’siri quyi (0-0,56) va yuqori (0,57-0,85) chegaralariga ko‘ra “Gippo” nomli bolalar bo‘tqasining turli yoshdagi bolalar guruhlariga mo‘ljallangan qadoqlash harajatlarini pasaytiruvchi, iste’mol uchun qulay, tejamkor hajmi va shakllari asoslangan;
bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozori rivojlanishining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida mahsulot iste’mol qilish hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalar oziq-ovqat mahsulotlari xususiyatlarini inobatga oluvchi marketing tadqiqotlarini amalga oshirish tamoyillarining tarkibi tabiiy ozuqa o‘rnini bosuvchanlik hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tamoyillarini  kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 07/31-9942-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik bo‘yicha taklifning amaliyotga  joriy etilishi natijasida mahsulot sotish hajmini “DIL-BAH DAIRY GROUP” va “GIPPO” MChJlarda 11,5% ga, “CHEESEBURG” MChJda 12,5% ga oshirish imkonini bergan; 
bolalar oziq-ovqat mahsulotlari marketing tadqiqotlari turlarini tasniflashtirishda xalqaro oziq-ovqat bo‘yicha tajriba shkalasidan foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining yuqori darajasi (DX ≤10)ni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 07/31-9942-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik bo‘yicha taklifning amaliyotga  joriy etilishi natijasida “DIL-BAH DAIRY GROUP”, “CHEESEBURG”, “GIPPO” MChJlar bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozorini rivojlantirishning marketing tadqiqotlari asosida amalga oshirishda  foydalanilgan; 
bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va xaridorlarning xatti-harakatini samarali tashkil etishda farzandlar yoshi bo‘yicha (0-1 yoshgacha; 1-3 yoshgacha; 3-5 yoshgacha; 5-7 yoshgacha) segmentlar kesimida oilalar talablariga moslashishning sotuv hajmiga ahamiyatli ta’siri quyi (0-0,56) va yuqori (0,57-0,85) chegaralariga ko‘ra “Gippo” nomli bolalar bo‘tqasining turli yoshdagi bolalar guruhlariga mo‘ljallangan qadoqlash harajatlarini pasaytiruvchi, iste’mol uchun qulay, tejamkor hajmi va shakllarini asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 07/31-9942-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik bo‘yicha taklifning amaliyotga  joriy etilishi natijasida korxonalar sotish hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan o‘rtacha 1,5% ga hamda doimiy iste’molchilar sonini o‘rtacha 2 martaga oshirish imkonini bergan; 
bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozori rivojlanishining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida mahsulot iste’mol qilish hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 07/31-9942-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik bo‘yicha taklifning amaliyotga  joriy etilishi bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, jumladan “DIL-BAH DAIRY GROUP”, “CHEESEBURG”, “GIPPO” MChJlarning bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozorida sotuvini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari algoritmik darajasini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish