Sultonova Fazilat Aminboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda refraksiya anomaliyalari korreksiyasi va profilaktikasiga majmuaviy yondashuv» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1043.
Ilmiy rahbar: Dadamuxamedova Shoxida Mubashirovna, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi IK, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Kremkova Elena Vital`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Buzrukov Botir To‘lqunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktab yoshidagi bolalarda refraksiya anomaliyalarining korreksiya va profilaktika choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab yoshidagi bolalarda akkomodatsion apparatning uzoq muddatli zo‘riqishi, gipodinamiya xisobiga pandemiya davrida undan oldingi davrga nisbatan refraksiya anomaliyalarining dispanser nazoratiga olinish ko‘rsatkichi oshganligi isbotlangan;
ilk bor maktab yoshidagi bolalarda to‘r parda qalinligi miopik refraksiyada periferik qismlarda, gipermetropik refraksiyada markaziy qismlarda emmetropik refraksiyaga nisbatan past ko‘rsatkichga ega ekanligi isbotlangan;
to‘r parda qalinligi ko‘rsatkichi - ko‘z olmasi oldingi orqa o‘q uzunligi orasida o‘rtacha kuchdagi teskari, refraksiya ko‘rsatkichi orasida: miopik refraksiya bo‘yicha kuchsiz teskari, gipermetropik refraksiya guruhida o‘rtacha kuchdagi to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;
to‘r parda qalinligi va ko‘rish o‘tkirligi ko‘rsatkichi orasida: miopik refraksiya guruhida o‘rtacha kuchdagi to‘g‘ri, gipermetropik refraksiya guruhida o‘rtacha kuchdagi teskari korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda refraksiya anomaliyalari profilaktikasi va korreksiyasiga majmuaviy yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda refraksiya anomaliyalari profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda refraksiya anomaliyalarini shakllanishi sabablarini aniqlash va baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7-oktyabrdagi 8n-z/527-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma maktab yoshidagi bolalarda refraksiya anomaliyalari shakllanishi va rivojlanishi xavf omillarini aniqlash imkonini bergan;
bolalarda refraksiya anomaliyalarini davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda refraksiya anomaliyalarini davolash samaradorligini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7-oktyabrdagi 8n-z/527-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma maktab yoshidagi bolalarda refraksiya anomaliyalarini davolash samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
maktab yoshidagi bolalarda refraksiya anomaliyalari profilaktikasi va korreksiyasiga majmuaviy yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir, Yangiariq va Shovot tumanlari tibbiyot birlashmalari hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7-dekabrdagi 08-38964-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni joriy qilinishi maktab yoshidagi bolalarda refraksiya anomaliyalarini oldini olish, xavf omillarini erta aniqlash, refraksiya anomaliyalarini o‘z vaqtida korreksiya qilish va adekvat olib borish, refraksion ambliopiyani oldini olish, majmuaviy davolashni takomillashtirish orqali asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.